O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Bazaviy qimmatli qog„ozlar mexanizmi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

4. Bazaviy qimmatli qog„ozlar mexanizmi 
Bazaviy qimmatli qog‗ozlarni va derivativlarni (opsion, fyuchers, svop, forvard, 
varrant va h.k.) muomalaga chiqarish chog‗ida asosiy me‘yoriy hujjat bo‗lib ularni 
chiqarish standarti hisoblanadi.


34 
Standart qimmatli qog‗ozlarni hayot siklini (emissiyaoldi, chiqarish, joylashtirish, 
muomalasi, konvertatsiyasi va so‗ndirish tartibini) me‘yorlaydi. Uning asosida qimmatli 
qog‗ozlarni chiqarish va joylashtirish chog‗ida to‗htatish, haqiqiy emas deb topish va 
umumiy davlat reestriga o‗zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini emissiyaoldi ishlari va emissiyasi 
Aksiyadorlik jamiyati aksiya chiqarish to‗g‗risida tegishli qaror qabul qiladi. 
Buning uchun, avvalambor jamiyatning holati, potensiali va investitsion istiqboli, shu 
asosda asiyalar bozori konyunkturasi va risklar tahlil qilinib, chiqarilajak aksiyalarning 
turi, hajmi, soni va chiqarish shartlari, muddati, joylashtirish usullari, tartibi va investorlar 
(aksiyadorlar) ko‗lami belgilanadi. Bunda aksiyalar emissiyasining umumiy taktikasi va 
strategiyasi aniqlanadi, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan emissiya risolasi 
belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Natijada emissiya risolasi davlat ro‗yxatidan o‗tkazish 
uchun tayyorlanadi. Hozirda borgan sari amaliyotda IPO (Initial Public Offering) usuli 
ko‗proq qo‗llanilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish chog‗ida aksiyalar birlamchi tarzda ta‘sis 
hujjatlariga ko‗ra yopiq usulda joylashtirilgan deb hisoblanadi. Bunda aksiyadorlar 
o‗zlariga tegishli aksiyalari qiymatining kamida 30 foizini to‗lashlari lozim. Qolgan 
qismni esa kamida bir yil davomida to‗lashlari talab etiladi (agar Ustavda boshqa 
qisqaroq muddat ko‗rsatilmagan bo‗lsa). 
Qo‗shimcha aksiyalar esa ochiq yoki yopiq usulda yoki ikkala usul kombinatsiyasi 
asosida joylashtirilishi mumkin.
Yopiq usulda qo‗shimcha chiqarilgan aksiyalar qo‗shimcha kapital kiritish
dividend hisobiga, jamiyatning o‗tgan yillarda taqsimlanmagan foydasi evaziga 
joylashtirilishi mumkin.
Bunda jamiyat ustav fondini oshirish to‗g‗risida qaror qabul qilinishi vaqtida 
(qo‗shimcha kapital kiritilishi holidan tashqari) qo‗shimcha chiqarilgan aksiyalarni yopiq 
usulda joylashtirish chog‗ida oshirilgan ustav fondi summasi jamiyatning sof aktivlari va 
ustav fondi (rezerv fondini hisobga olgan holda) tafovutidan oshmasligi shart.
Emissiya risolasini ro„yxatdan o„tkazish 
Qimmatli qog‗ozlarni chiqarish ularning emissiya risolasini davlat ro‗yhatidan 


35 
o‗tkazilishini taqazo etadi. Qimmatli qog‗ozlar emissiyasi risolasi vakolatli davlat organi 
tomonidan belgilangan muddatda va tartibda ro‗yhatga olinadi (agar emitent tomonidan 
taqdim etilgan barcha hujjatlar talab darajasida bo‗lsa), natijada unga maxsus davlat 
raqami biriktiriladi.
Aytilgan tartib obligatsiyalar chiqarish uchun ham taaluqli.
Obligatsiyalar chiqarish faqat jamiyat tuzilishi chog‗ida birlamchi chiqarilgan 
aksiyalar to‗liq joylashtirilganidan keyin ruhsat beriladi.
Har bir turdagi qimmatli qog‗ozga Milliy identifakatsiya tartib (nomer) raqami 
beriladi.
Emissiya natijalari to„g„risidagi hisobot va ma‟lumotlarni ochib berish 
Har bir emitent qimmatli qog‗ozlarini joylashtirilishi to‗g‗risida vakolatli organga 
har chorakda va yillik hisobot (belgilangan shakl va muddatlarda) taqdim etishi lozim.
Emitent qimmatli qog‗ozlarini emissiyasi chog‗ida ma‘lum muddatlarda 
investorlarga qonun hujjatlarida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni belgilangan tartibda ochib 
berishi talab etiladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlarini Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Moliya 
vazirligi va Markaziy bank chiqaradi.
Qimmatli qog„ozlarning bozor muomalasi
Davlat ro‗yhatidan o‗tgan emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlar birlamchi 
bozorda joylashtirilgan vaqtdan boshlab ularning ikkilamchi bozor muomalasi 
boshlanadi. Ikkilamchi bozorda faqat qimmatli qog‗ozlarning egalari o‗zgaradi va bu 
jarayonning maxsus investitsiya institutlari va emitent reestri tomonidan hisobi 
yuritiladi.
Qimmatli qog„ozlarni so„ndirish(muomaladan chiqarish)
Qimmatli qog‗ozlar qonunda belgilangan tartibda so‗ndiriladi.
Aksiyalar quyidagi hollarda muomaladan chiqarilishi mumkin:
- aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi qaroriga asosan emitentning tugatilishi 
holida;
- jamiyatning reorganizatsiya (qo‗shilishi, ajralishi, birlashishi, qayta tashkil 
etilishi) qilinishi holida;


36 
- qimmatli qog‗ozlarni maydalanishi, yiriklashtirilishi, qaytarib sotib olishishi, 
konvertatsiyalanishi hollarida;
- sud qarori bilan jamiyatni tugatilishi holida;
- agar jamiyat Ustavida qimmatli qog‗ozning muomala muddati cheklangan 
bo‗lsa.
Emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlarning so‗ndirilishi ularni belgilangan 
tartibda annulyatsiya va yo‗q qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlari davlat tomonidan belgilangan tartibda muomaladan 
chiqariladi.
Qimmatli qog‗ozlarni so‗ndirilishi to‗g‗risidagi komissiya hujjati asosida ular 
davlat reestridan chiqariladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin