33
To‗rtinchi bosqich qimmatli qog‗ozlarni ularning risolasi shartlariga asosan
hamda (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda
va tartibda muomaladan
chiqarish (so‗ndirish).
O‗zbekiston Respublikasining ―Qimmatli qog‗ozlar bozori to‗g‗risidagi‖
Qonuni loyihasiga asosan korporativ qimmatli qog‗ozlarning (aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalari va obligatsiyalari, korxonalarning derivativlari) hayot tsikli
jarayonlari bunday qog‗ozlar bilan bog‗liq munosbatlarni tartiblashtiruvchi vakolatli
davlat organi (hozirda qimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini
muvofiqlashtirish va
nazorat qilish Markazi) tomonidan muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi. Bunda
tijorat banklarining aksiyalarini chiqarilishi Qimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi (keyinggi
matnlarda Markaz deb
yuritiladi) tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan kelishilgan tartibda amalga
oshiriladi.
Banklarning aktivlari bilan bog‗liq qimmatli qog‗ozlarni Markaziy bank
tartiblashtiradi.
Veksellarni chiqarilishi Markaziy bank va
Moliya vazirligi tomonidan
tartiblashtiriladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlari bozorini vakolatli davlat organlari (qog‗oz turlariga
qarab Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank) tartiblashtiradi.
Korporativ qimmatli qog‗ozlar chiqarilishida
emitentdan davlat budjetiga
qonunda belgilangan hajmda emission yig‗im olinadi.
Vakolatli davlat organi respublikada davlat ro‗yhatidan o‗tkazilgan qimmatli
qog‗ozlarning umumiy davlat reestrini yuritadi va ro‗yhatini muntazam e‘lon qilib
boradi.
Qimmatli qog‗ozlarni davlat ro‗yhatidan o‗tkazmasdan
ommaviy axborot
vositalari orqali reklama qilish ma‘n etiladi.
Dostları ilə paylaş: