O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Asosiy savollar 
1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari. 
2. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik. 
3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi.
4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. 
Akselerator modeli. 
1. 
Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari. 
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb 
yuritiladi), yalpi talab, yoki YAIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng 
katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga 
ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim 
ahamiyatga ega. 
Iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining 
ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan 
belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) 
ko’rsatkichidir. 


 Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan 
qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi.
J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini 
belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan 
daromadlari, yanada aniqrog’i tasarrufidagi daromad deb hisoblaydi 
Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun 
ishlatiladi. YA’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va 
aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga 
ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning 
ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari 
oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi.
1 - chizma. Iste’mol grafigi 

Yd qC
420

ye
390
375
a 370 390 430 Yd 
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo’lganda, uning 
miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb 
yuritiladi (1- chizma).
Bo’sag’aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu 
vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. ye– nuqtada 
yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq 
jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to’g’ri chizig’i iste’mol hajmini 
belgilovchi vertikal o’qni a nuqtada kesib o’tadi. Bu hol uy xo’jaliklari umuman 
daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – 
nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi. 
Iste’mol funksiyasini yozamiz: 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin