O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

1-chizma. Fillips egri chizig’i 
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning 
qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik 
darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan 
inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik 
yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya 
darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi.
Ouken qonuniga ko’ra YAIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor 
davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liq. 
Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy 
siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan 
kombinatsiyasini tanlashi mumkin. 
4. Antiinflyatsiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari. 
Antiinflyatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, 
inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Antiinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga 
qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv
ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Аксилинфляция 
сиёсати 
ялпи талабни тартибга 
солиш 
ялпи таклифни 
тартибга солиш 


 
Antiinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
-yalpi talabni tartibga solish; 
-yalpi taklifni tartibga solish. 
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat 
buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi 
taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar 
iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi. 
“Antiinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, 
keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara 
beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan,
bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda 
monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni 
konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet 
taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi”.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli 
shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va 
inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish 
keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin. 
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan Antiinflyatsiya siyosatining 
yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( 
graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p 
marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini 
pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan 
pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo’llash pul massasi va baholar darajasining yillik 
o’sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. 
“Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri 
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq 
stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat 
byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari 
hisoblanadi”. 
Antiinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya 
jarayonlarining xususiyatiga bog’liq. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin