O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Innovatsion risklar, innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
4.4. Innovatsion risklar, innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili 
 
Innovatsion risklar, innovatsion faoliyat hozirgi sharoitlarda firmalar 
faoliyatining boshqa yo‘nalishlaridan ko‘ra ko‘proq darajada risk bilan bog‘liq, 
chunki uning natijasi ijobiy bo‘lishini hech kim to‘liq kafolatlay olmaydi. Innovatsion 
faoliyatning risk darajasi haqida shu holat ham dalolat beradiki, o‘rtacha har o‘nta 
venchur firmasidan atigi bir-ikkitasigina muvaffaqiyatga erishadi. Lekin shunga 


71 
qaramay, yuqori risk qoidaga ko‘ra, uning yuqori darajada qoplanishi bilan birgalikda 
kuzatiladi: innovatsion loyiha joriy qilishdan foyda me’yori boshqa faoliyat turlari 
hisobidan olinadigan foyda me’yoridan odatda ancha yuqori bo‘ladi. 
Risk tahlili – ob’ekt xususiyatlari, strukturasi va mavjud risk haqida zarur 
axborot olishdir. To‘plangan axborot mos keluvchi to‘g‘ri qarorlar qabul qilish etarli 
bo‘lishi lozim. Tahlil risklarni aniqlash va ularni baholashdan iborat bo‘ladi. 
Risklarni aniqlashda (sifat tarkibiy qismi) ushbu innovatsion faoliyatga xos bo‘lgan 
barcha risklar aniqlanadi. Dastlab risklar aniqlanadi va baholanadi, so‘ngra ularning 
samaradorligini taqqoslashda ularga ta’sir etadigan usullar aniqlanadi, riskka ta’sir 
etish usullari haqida qaror qabul qilinadi va olingan natijalar baholanadi. 
Risklarni mantiqiy shkala yoki ballar tizimidan foydalanib baholash mumkin. 
Risklarni baholash bo‘yicha ko‘pchilik uslubiyatlar aynan balli tizim bo‘yicha tashkil 
etiladi: ekspert risklar guruhidan har biri bo‘yicha yoki alohida guruhdan har bir risk 
bo‘yicha belgilangan miqdorda ballar qo‘yadi, so‘ngra risklar o‘lchanadi va loyiha 
riskining umumiy bahosi chiqariladi. Ushbu baho asosida loyihaning risk guruhi 
haqida va uni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi. 
Loyiha riskining bahosi loyiha bo‘yicha hisob-kitoblarda aks ettirilishi tshart: 
loyihaning barcha ko‘rsatkichlari riskni hisobga olgan holda tuzatish kiritib hisoblab 
chikilgan bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin