O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BOB. INNOVATSION MARKETING TIZIMIDA BRENDING



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

5-BOB. INNOVATSION MARKETING TIZIMIDA BRENDING 
NAZARIYASI KONSEPSIYASI 
 
5.1. Brendingga metodologik yondashuv – korxonaning raqobatli ustunligini 
rivojlantirishning yangi bosqichi sifatida 
 
Brending – innovatsiyalar bozorida brendlar shakllanishini o‘rganadigan fan 
bo‘lib, xaridorlar bilan uzoq muddatli ishshonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va 
oqibatda sezilarli raqobatli ustunliklarga ega bo‘lish imkonini beradi. 
Brending innovatsion faollikka va innovatsiyalar diffuziyasiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu innovatsiyalar harakatini engillatish va tezlatish, yangi mahsulotlar 
hayotiylik davrining barcha bosqichlarida xarajatlarda tejab qolish hisobiga ro‘y 
beradi. Savdo markalari rivojlanishining o‘zi innovatsiya bilan uzluksiz bog‘liq 
bo‘lib, unga asoslanadi. Har bir brending operatsiyasida innovatsion jihat mavjud. Bu 
savdo markasini yangicha ko‘rish, yangicha imidj, shartnomalarning yangicha tahriri, 
iste’molchilar xulq-atvorining yangicha modeli, savdo markasini yangicha 
joylashtirish, maqsadli bozorni kengaytirish hisobiga savdo markasi oilasini 
yangilash, yangicha pozitsiyalar, qayta joylashtirish, savdo markalari yangi 
kommunikatsiyalari va yangicha narx shakllanishidir. 
Brending usullari iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida raqobat kurashining 
istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. 
Oxirgi paytlarda bizning mamlakatimizda ham brendingga katta qiziqish 
bildirilmoqda. Innovatsion marketingning ushbu yo‘nalishini o‘rganishning 
dolzarbligi bugungi kunda iqtisodiy zarurat bilan asoslanadi. 
Bir xil narx segmentida o‘xshash tovarlar va xizmatlar rang-barangligi va 
raqobatning kuchayib borishi korxonalarni tovarning o‘zidan tashqarida joylashgan 
raqobatli ustunliklar yangilik izlab topishga majbur qiladi. 
Korxonalarning eng muhim nomoddiy aktivlari sifatida brendlar allaqachon 
o‘zining korxonalarga kuchli raqobat ustunliklarini ta’minlashdan tashqari ularning 
bozor qiymatini oshirish qobiliyatini ham isbotlab bergan. 


74 
Bugungi kunda belgilangan savdo markasiga uzoq muddatli xaridorlar moyilligi 
yaratishning bironta umum e’tirof etilgan uslubiyati mavjud emas. Brending 
(branding) mahalliy korxonalarda fan sifatida endi rivojlanmoqda. Xorijiy 
kompaniyalar esa ancha vaqtdan beri brending konsepsiyasidan faol foydalanib 
kelmoqda va potensial xaridorlar ongida o‘z savdo markalarining barqaror raqobatli 
ustunliklarini yaratmoqda. 
Innovatsion marketingda brendingni qo‘llash usullarini ishlab chiqish 
tadqiqotlar ob’ekti sifatida juda katta qiziqishni ifodalaydi. Aynan brendingni 
qo‘llash to‘g‘ri strategik siyosatini ishlab chiqish uslubiyati bugungi kunda 
innovatsiyalarni tijoratlashtirishda korxonalar rahbariyati oldida turgan eng muhim 
vazifalardan sanaladi. 
Brendingning asosiy ob’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tovar-brend 
sohibi, iste’molchi (yoki iste’molchi xulq-atvori) va brend egasi oladigan foyda. 
Brend tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqalarini aniqlash va uning mahsulotini aniqlash 
uchun bu elementlarni tadqiq etish lozim. 
Brend ob’ektiga o‘ziga xos xususiyatlarni brendning o‘zini yanada rivojlantirish 
konsepsiyasi ma’lum bir yo‘nalish baxsh etadi. Agar kompaniya tomonidan taqdim 
etiladigan yangi xizmat yoki yangi tovar – sifati pastligi oldindan ma’lum bo‘lib, 
xaridorning funksional ehtiyojlarini qoniqtirmasa, kelgusida brend shakllantirish 
bo‘yicha bajariladigan ishlardan ma’no bo‘lmaydi. Brend bo‘lishi ko‘zda tutilgan 
yangi tovar yuqori sifatga ega bo‘lishi va xaridorning funksional ehtiyojlarini imkon 
qadar to‘laroq qoniqtirishi lozim. 
Brending haqidagi jahon adabiyotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, garchi ushbu 
tovar brendi yoki mazkur firma xizmatlaridan ilgari hech ham foydalangan 
bo‘lmasada, iste’molchilar doimo u yoki bu brendan nimanidir kutadi. 
Brend – neoinstitutsional iqtisodiyot tushunchasi bo‘lib, bu erda asosiy toifa 
iste’molchining ishonchi hisoblanadi. Brend toifasi institutsional iqtisodiyotning 
rivojlanishi, bozorning yangi ehtiyoj va talablari paydo bo‘lishining mantiqiy oqibati 
sifatida shakllanadi. Fundamental marketing qonunlariga asoslanib, «brend» yangi 
toifasining rivojlanishi xaridorlarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish mexanizmini 


75 
shakllantirishni rivojlantirgan va davom ettirgan holda savdo markasi tushunchasini 
uyg‘unlikda qamrab oladi. 
Brendni joylashtirish (Brand Positioning) bu – bozorda tovar tomonidan 
raqobatchi tovarlarga nisbatan egallangan joy, shuningdek, xaridorlar ehtiyojlari va 
o‘zlashtirishi to‘plami, ya’ni brendning raqobatchilardan «chetlashish» uchun 
foydalaniladigan yakka tartibdagi qismidir. 
Brendning bozordagi pozitsiyasini aniqlash hali egallanmagan yoki sust ishlab 
chiqilgan bozor «nisha»lari, xaridorlarning imkoniyatlari, istaklari va imkoniyatlari 
(xaridor o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qancha pul to‘lashga tayyor) borasida 
marketing tadqiqotlari ma’lumotlarini tahlil qilishni nazarda tutadi. 
Tovar istalgan iste’molchining barcha ehtiyojlarini qondirishi mumkin emas. 
Barcha uchun bir xildagi ideal tovar mavjud emas. SHunday ekan, uning demografik 
va ijtimoiy qiyofasini aniq demografik, ijtimoiy va psixografik tavsifnomalardan 
tuzish mumkin bo‘lgan «kerakli» iste’molchini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Brendni joylashtirishni quyidagi sxema bo‘yicha belgilash mumkin: 
a)brendning yakka tartibdagi tavsifnomalari aniqlanadi; 
b)brend ehtiyojlarini qondirishi ko‘zda tutilgan iste’molchilarning (maqsadli 
brend doirasi) tavsifnomalari aniqlanadi; 
v)brend beradigan foyda aniqlanadi, ya’ni: «Nima uchun iste’molchilar 
raqobatchi brendni emas, balki aynan shu brendni tanlashi kerak?» degan savolga 
aniq javob beriladi 
Savdo markasini joylashtirish 5.1-rasmda aks ettirilgan. 
Savdo markasini muvaffaqiyatli joylashtirish o‘z tovarining bozordagi o‘rnini 
aniqlashga imkon berishdan tashqari unga qo‘shimcha raqobatli ustunlik ham hadya 
etadi. G‘arb mamlakatlari brending texnologiyalaridan samarali foydalanish 
xaridorlarning hohish-istaklari, xaridni amalga oshirish motivlari bo‘yicha doimiy 
marketing tadqiqotlari o‘tkazishni taqozo etadi. Mahalliy bozorda brending usullarini 
qo‘llashni aynan xaridorlar xulq-atvori o‘ziga xosliklari belgilab beradi. Demak, 
brend yaratish – uzoq muddatli ijodiy jarayon bo‘lib, brendni siljitish mafkurasini, 
uning matn ko‘rinishidagi va tashqi bezaklarini, tovar o‘rovini ishlab chiqish, 


76 
namunalarni tarqatish, sotuvni rag‘batlantirish, sotuv joylarida ishlash, ya’ni 
iste’molchiga ta’sir ko‘rsatishning barcha marketing vositalari majmuini ko‘zda 
tutadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin