O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Savdo markasini joylashtirish
15
 
Biroq, 
ayrim 
to‘xtatib 
turuvchi 
omillar 
mavjudligiga 
qaramay, 
mamlakatimizdagi iste’mol bozorida brending asta-sekinlik bilan rivojlanmoqda. 
Ko‘plab mahalliy korxonalar bu borada tajriba to‘plab, o‘z brendlarini joylashtirish 
uchun to‘g‘ri yondashuvni aniqlash maqsadida iste’molchilar xulq-atvorini tadqiq 
etishga harakat qilmoqdalar. 
 
5.2. Maqsadli auditoriyani segmentlash uslubiyoti 
 
Yangi tovar va xizmatlar brendi haqida xabardorlikni shakllantirish usuli sifatida 
iste’molchilarni segmentlashga asoslangan «nuqtali (ma’lum nuqtaga qaratilgan)» 
marketing taklif etiladi. 
Yangi tovar va xizmatlar sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi bilan bugungi kunda 
raqobat eng cho‘qqiga chiqqan. Iste’molchi hozirda oddiygina bir sifatli tovar yoki 
xizmat xarid qilishni emas, balki biron-bir o‘ziga xos, noyob xislatgan ega bo‘lgan 
tovar va xizmatlar xarid qilishni istaydi. Aynan shuni amalda mahsulotda yaratib 
bo‘lmaydi. Buni insonning mahsulotga munosabatida yaratish, demak, hissiyotlarni: 
muhabbat, sodiqlik, hurmat, ehtirom va h.k.ni ishga solish kerak. SHu sababdan 
15
Секерин В.Д. Инновационный маркетинг: Учебник.- М.:ИНФРА-М, 2012.стр.165. 
Yangi tartibdagi tavsifnomalar 
O’zining savdo markasi 
Marketing 
tadqiqotlari 
Maqsadli doira 
qiyofasi 
Xarid qilishdan foyda
Raqobatchilarning savdo markalari 


77 
bugungi kunda yaxshi reklama ishlab chiqish va uni OAVda to‘g‘ri joylashtirishning 
uddasidan chiqa oladigan, bundan tashqari, korxonaga o‘zining yangi tovarini 
«mahsulot» toifasidan «brend» toifasiga o‘tkazishda yordam bera oladigan reklama 
agentliklariga talab ortmoqda. 
Turli mutaxassislarning baholariga ko‘ra, mahalliy iste’molchilarni yangi 
mahsulot yoki xizmat haqida xabardor qilish bundan bir necha yil oldin oddiygina – 
matbuotdagi reklama chop etish yoki televideniya (radio) orqali reklama roligi 
yordamida hal etilardi. Bunday imkoniyat hozirda ham mavjud, biroq vaziyat tez va 
tubdan o‘zgarmoqda. 
Reklama kommunikatsiyalari zichligi tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi paytda 
potensial xaridorlar tez o‘sib borayotgan hajmdagi radio-, televizion va bosma 
matbuot reklamasiga duch kelmoqda. Bu esa maqsadli doiraning taqsimlanishi va har 
qanday alohida nashr (kanal) samaradorligining pasayishiga olib keladi. Hatto hohish 
bo‘lganida ham iste’molchining ongi barcha OAVda kundalik tarqatilayotgan 
reklama axborotlarining kichik bir ulushini ham sig‘dira olmaydi. 
Maqsadli segmentlash uchun maqsadli doira vakillari ko‘rsatkichlari imkon 
qadar maksimal sonidan foydalanish taklif etiladi. Asosiysi, yakunda olingan 
segmentlash ajratilgan guruhni samarali mahalliylashtirish imkonini bersa bo‘ldi. 
Hozirgi paytda dunyoda reklama kommunikatsiyalari o‘z rivojlanishining yangi 
sohasiga – interaktivlik va individuallashuvga o‘tmoqda. «Egasiz reklama xabarlari» 
turli OAV manbalari tomonidan tarqatilayotgan axborot hajmining ulkan ekanligi 
tufayli kutilgan natijalar bermayapti. 
Reklama axborotlarining alohida olingan yakuniy iste’molchilariga qaratilgan 
interaktiv kommunikatsiyalar yaratish axborot bilan ta’minlash samaradorligini 
oshirishga imkon beradi. Yirik xalqaro korporatsiyalar anketa so‘rovlari o‘tkazish 
vositasida o‘z mahsulotlari yakuniy iste’molchilari haqida marketing axboroti 
to‘plash bo‘yicha ishlar borasida ma’lum bir tajribaga ega. Biroq ushbu soha hali 
etarlicha o‘rganib chiqilmagan va amaliyotda sinab ko‘lmagan. 


78 
«Nuqtali» marketing usullaridan foydalanishda eng katta samarani maqsadli 
doirani detalli segmentlash va har bir segment uchun eng samrali bo‘lgan 
kommunikatsiyalar tanlash beradi. 
«Nuqtali» marketingda yangi tovarlar va xizmatlar brendi haqida xabardorlikni 
shakllantirishning eng samarali usullaridan biri brend egasi va xaridorlar o‘rtasida 
«klub» munosabatlarini shakllantirish usuli hisoblanadi. 
Asosiy qoida bu – faqat iste’molchining istagi bilan chegaralangan, mijoz bilan 
har qanday kommunikatsiyalarni maksimal darajada personallashtirishdir. 
Doimiy mijozlar bilan bunday kommunikatsiyalar tizimi barpo etish bir qator 
shubhasiz ustunliklarga ega. Tashkilot o‘z mijozlarini «shaxsan» taniydi, ularning 
nimani va qancha xarid qilishi haqida to‘liq axborotga ega bo‘ladi. Zarur tovarlar 
ishlab chiqarish yoki xarid qilish o‘z xaridorlarining ehtiyojlarini aniqroq va uzil-
kesil qondirish, shuningdek, ularning kelajakdagi xoxish-istaklarini tahlil qilish 
borasida tuzatish kiritgan holda amalga oshiriladi. Mijozlar bilan ishlarni bunday 
tashkil qilishda axborot boshqa potensial xaridorlarga etkazilish ehtimoli yuqori. 
Buning ustiga, hozirgi paytda muqobil, notijorat axborot manbalari (ishbilarmon 
hamkorlarning maslahati, ekspertlarning fikrlari) ahamiyatining ortishi kuzatilmoqda. 
Shu tariqa tashkilot yangi mijozlar jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha reklamaga ega 
bo‘ladi. 
Yangi xaridorlar anketani to‘ldirishida olingan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar 
to‘plami tuziladi. Ma’lumotlar to‘plami asosida mijozlar bilan uzoq muddatli 
munosabatlar sotuv umumiy hajmini oshiradi. SHu ma’lumotlar to‘plamiga 
kiritishning shartlari va u keltiradigan foyda haqida so‘z boradigan kichik bir buklet 
tayyorlash qo‘shimcha plyus hisoblanadi. Ma’lumotlar to‘plami bilan to‘g‘ri, faol va 
qimmat bo‘lmagan holda ishlashda bu ishlab chiqarish va savdo tarmog‘ini ishonch 
bilan va ongli ravishda rivojlantirish imkonini beradi. Xaridorlar haqidagi zaruriy 
(kerakli) ma’lumotlar – mintaqaviy, demografik, madaniy-ma’rifiy, psixografik, 
xulq-atvor ma’lumotlaridir. 
Ma’lumotlar to‘plamining kompyuter tahlili (kerakli belgilar bo‘yicha 
guruhlash) aniq tanlangan maqsadli guruhga xabarlarni shaxsiy jo‘natishni amalga 


79 
oshirish imkonini beradi. Bunda iste’molchilar bilan kommunikatsiyalar nafaqat 
pochta orqali, balki zamonaviy kommunikatsiya vositalari – elektron pochta, SMS-
xabarlar, telefon orqali qo‘ng‘iroq bo‘yicha amalga oshirilishi ham mumkin. Bu erda 
«nuqtali» marketing usullari ham, iste’molchilarni detalli segmentlash usullari ham 
qo‘llanishi mumkin. 
Xilma-xil o‘zaro aloqa usullari – anjuman va seminarlarga taklif qilish, 
bayramlar (Yangi yil, Hayit, Navro‘z, va h.k.) bilan tabriklash, yangi ishlanmalar 
haqida xabardor qilish va h.k. qayta ko‘rib chiqilishi zarur. 
Shunday qilib, «nuqtali» marketing usullarini qo‘llash standart jarayonlar bilan 
bog‘liq bo‘lmagan ijodiy mehnat talab qiladi. Maqsadli doira haqida axborotlarni 
doimiy ravishda to‘plab borish, tahlil qilish va tuzatishlar kiritish va shu asosda 
yanada samaraliroq segmentlash usullarini izlab topish zarur. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin