O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun 
Internetni qo‘llash 
Servis xizmati tovar siyosatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. U xaridorga 
biror-bir tovarni sotib olishdan oldin va keyin ko‘rsatiluvchi xizmatlarni ifodalaydi. 
Servisdan maqsad — xaridorlarga mavjud tovarni taklif qilish va undan eng katta 
foyda olishda yordam ko‘rsatishdan iborat. 


94 
6.1-jadval
Tovar raqobatbardoshligining asosiy omillari 
Omil 
Ko‘rsatkichlar tavsifnomasi 
Narx 
Narx darajasining asosiy raqobatchilar narxiga nisbati; talab va taklif nisbatiga 
bog‘liq holda narx differensiatsiyasi tizimining rivojlanganligi; iste’molchilar 
uchun chegirmalar tizimining jalb etuvchanligi 
Sifat 
Mahsulotning texnik-ekspluatatsion tavsifnomalari (funksionallik, ishonchlilik, 
foydalanish uchun qulaylik va b.); nufuzlilik, dizayn, tovarning ekologikligi 
Servis 
Tovarni etkazib berish sifati; savdo xizmati darajasi; ehtiyot qismlar va xizmat 
ko‘rsatish markazlarining mavjudligi 
Marketing 
muhiti 
Marketing-logistikani tashkil qilish darajasi; reklama tadbirlari samaradorligi; 
tovar qadog‘i dizayni; tovar brendingi; xaridorlarga kafolatli xizmat ko‘rsatish 
darajasi; zamonaviy aloqa vositalari (Internet, uyali valoqa va b.) yordamida 
xarid qilish imkoniyati 
 
Xaridorlarga servis xizmati ko‘rsatishning ahamiyati o‘sib borayotganligini 
quyidagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin: tobora to‘yinib borayotgan bozorlarda 
raqobatning o‘sishi; servis markazlarining yaratilishi; xaridorlarning sotib olingan 
tovardan foydalanish jarayonida vujudga keluvchi muammolarni hal qilishi 
imkoniyatiga ega bo‘lish istagining o‘sishi; tovardan foydalanish jarayoni 
murakkablashuvi va h.k. 
Marketing vositasi sifatida servisning asosiy funksiyalari xaridorlarni jalb qilish, 
tovar sotuvini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, xaridorlarni axborot bilan 
ta’minlash hisoblanadi. Servis xizmatlari tufayli firma mijozlar bilan ishonchli aloqa 
o‘rnatish uchun imkoniyat yaratadi hamda samarali tijorat aloqalarini davom ettirish 
uchun zamin hozirlaydi. 
Servis xizmatlari tovar xarid qilinishidan oldin ham, keyin ham ko‘rsatilishi 
mumkin. Tovarni sotib olishdan oldin ko‘rsatiluvchi xizmatlar tarkibiga tovarni 
tanlashda yordamlashish, undan ishonchli va to‘g‘ri foydalanish uchun axborot 
berish, tovar va uning elementlari boshqa mahsulot va tizimlariga mos kelishini 
tekshirib ko‘rish va hokazolar kiradi. 
Tovar xarid qilingandan so‘ng uni ishlab chiqargan yoki sotgan firma sotuvdan 
keyingi xizmatlar – etkazib berish, o‘rnatish, nazorat qilish, texnik yordam ko‘rsatish 
va hokazolarni amalga oshiradi. 


95 
Internetdan quyidagi toifalarda foydalangan holda servis taqdim etish va 
iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish mumkin: 
❖ qo‘shimcha ommaviy axborot — firmalar Internetda iste’molchilar uchun 
katta hajmdagi axborot joylashtirish imkoniyatiga ega. Bu ayniqsa, kompyuter 
texnikasi kabi yuqori texnologiyali mahsulotlarda katta ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumotlar turli xarakterga ega bo‘lishi — iste’molchilar uchun xarid to‘g‘risida 
qaror qabul qilishda talab qilinishi, firma va uning iste’molchilar bilan o‘zaro aloqa 
usullari haqida ma’lumotnoma berishi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish jarayonida 
katta ahamiyat kasb etishi (masalan, undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lgan 
holda) mumkin. Serverning dizayni ko‘ngildagidek bo‘lib, qidiruv funksiyalari 
mavjud bo‘lgan holda iste’molchilar o‘zlari uchun zarur ma’lumotni tez va oson 
qidirib topishi mumkin; 
❖ «tez-tez beriluvchi savollar» (Frequently Asked Questions — FAQ) — bu 
turdagi axborot taqdim etish nafaqat mavjud, balki doimiy mijozlar uchun ham 
muhim bo‘lib, ularni aynan shu firma mahsulotlarini xarid qilishga undash uchun 
xizmat qiladi. Bunday qo‘llab-quvvatlash kompyuter mahsulotlarigagina taalluqli 
bo‘lmay, zarurat sezgan har qanday mahsulotga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin; 
❖ qo‘shimcha qaytuvchan aloqa mexanizmi — Internetdan iste’molchilar bilan 
samarali qaytuvchan aloqani tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lib, bu 
ularning firmalar bilan interaktiv aloqa imkoniyatlarini kengaytiradi. Sotuvchilarning 
xaridorlar so‘roviga mos keluvchi qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qaytuvchan aloqani tashkil qilish vositalari sifatida elektron pochta, konferensiyalar 
va kompaniya saytidagi to‘ldirish lozim bo‘lgan formalar xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin