96
▪ elektron biznes tufayli bu o‘zgarishlar tezligining doimiy o‘sib borishi;
▪ har bir mahsulot turida o‘ziga xos xususiyat va talablarning mavjudligi;
▪ mahsulotni ishlab chiqishga to‘g‘ri yondashilgan
taqdirda ham uning
iste’molchilar orasida muvaffaqiyatga erishishi uchun kafolatlarning yo‘qligi.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish bugungi kunda yangicha sharoitlarga doimiy
moslashib borishni talab qiluvchi tez o‘zgaruvchan sharoitlarda ro‘y bermoqda. Bu
jarayonning samaradorligini oshirishda Internet katta foyda keltirishi, mahsulotni
ishlab chiqish jarayonini sezilarli qisqartirishi va uni
korxona miqyosida zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanish global jarayoniga aylantirishi mumkin.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish jarayonining asosiy bosqichlari va bunda
Internetdan foydalanish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rib chiqamiz.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari
Mahsulotni ishlab chiqishdan oldin keluvchi muhim bosqichda korxonaning
bozordagi xulq-atvor strategiyasini ishlab chiqish ro‘y beradi. Bu jarayon bozorni
sinchiklab
segmentlash, maqsadli iste’molchilar guruhlarini aniqlash, ularning
ehtiyojlarini aniqlashtirish va mahsulotni joylashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni
qamrab oladi.
Shu bosqichning o‘zidayoq iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlashda Internet juda
katta foyda keltirishi mumkin. Odatda, iste’molchilar
mahsulotdan qanday
foydalanayotganligi, uning qaysi xususiyatlari yoki funksiyalarini yaxshilashni
istashlari haqida axborot olish uchun kompaniyalar fokus guruhlaridan foydalanadi.
Iste’molchilarning istak-xohishlari va shikoyatlarini aniqlash uchun ular o‘z
sotuvchilari va dilerlar tarmoqlari bilan maslahatlashishi mumkin. Elektron aloqa
vositalarini qo‘llash bu jarayonlarni ancha tezlashtirish va ularni o‘tkazish tannarxini
pasaytirishga imkon beradi.
Mazkur bosqich yakunlangandan so‘ng firma bevosita yangi mahsulotni ishlab
chiqishga o‘tishga tayyor bo‘ladi. Bu jarayon, shuningdek, innovatsiya jarayoni ham
deb nomlanib, olti bosqichni qamrab oladi:
▪ yangi tovarlar haqida g‘oyalar izlash;
▪ g‘oyalarni tanlab olish;
97
▪ yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish;
▪
tovarni ishlab chiqish;
▪ tovarni bozor sharoitlarida sinab ko‘rish;
▪ tovarni bozorga chiqarish va joriy qilish.
Har qanday g‘oya ko‘rsatilgan bosqichlarning har biridan o‘ta oladi deb aytish
qiyin, albatta. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu yo‘lning oxirigacha kamdan-kam
g‘oyalargina etib boradi. YAngi mahsulotni ishlab chiqish haqidagi adabiyotlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, tijorat muvaffaqiyatiga dastlab taklif qilingan g‘oyalarning 1
foizdan ham kami erishadi, biroq bu yo‘lning oxirigacha etib borganlar orasida tijorat
nuqtai nazaridan 60 foizi muvaffaqiyatli hisoblanadi. Tabiiyki, ko‘plab g‘oyalar
birinchi
bosqichdayoq puchga chiqadi, buni nisbatan kam xarajatlar bilan amalga
oshirish mumkin, biroq bu holatlarda loyihachilar noaniqlik darajasining yuqoriligi
sababli asoslangan qaror qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Faqat kam sonli
g‘oyalargina barcha bosqichlardan muvaffaqqiyatli o‘tadi.
Internet va boshqa axborot texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarda
innovatsiya
jarayoniga katta hissa qo‘sha oladi:
▪ eng istiqbolli variantlarni tanlab olish va aniqlangan xatolarni bartaraf qilish
— mahsulotni tayyorlashda bu mahsulot bozorda taklif etish bosqichiga yaqinlashgan
sari uning xarajatlari tez o‘sadi. SHuning uchun yangi tovar ishlab chiquvchilar
oldida turgan muhim maqsad bu tovarlarning eng istiqbollilarini tanlash hamda uni
ishlab chiqarish va bozorga chiqarish uchun juda katta mablag‘ sarflanguncha
aniqlangan xatolarni bartaraf etish hisoblanadi;
▪ kompaniyaning barcha bo‘linmalari o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish — har
qanday kompaniya yangi mahsulotni ishlab chiqishda
bu jarayonni universalroq
qilish va tashkilotda ichki axborot almashinishni tezlashtirish uchun Internet
imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Internetning imkoniyatlari er sharining turli
nuqtalarida bo‘lgan holda axborot almashinishi mumkin bo‘lgan ishchi guruhlarini
shakllantirishga imkon beradi.
Bu esa bozor holati, mijozlar, mahsulotlarning o‘ziga
xos hislatlari haqida axborot almashinishni tashkil qilishga yordam beradi.
98
Keltirilgan imkoniyatlardan foydalanishning asosiy natijasi yangi mahsulotni
ishlab chiqish jarayonining tezlashuvi bo‘lishi lozim. Bunga erishishning muhimligi
yangi mahsulotni bozorga chiqarish vaqti bilan uning foydaliligi o‘rtasidagi
bog‘liqlik bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari 6.3-rasmda aks ettirilgan bo‘lib, unda
elektronika mahsulotlari bozoridagi yangi mahsulot keltiruvchi foyda hajmining o‘z
tovarini taklif qilish muddatining raqobatchilarga nisbatan ertaligiga bog‘liqligi
ko‘rsatilgan. Bozorda yangi mahsulotni raqobatchilarga
nisbatan olti oy oldinroq
taqdim etishi mumkin bo‘lgan kompaniya bu vaqt ustunligini o‘rtacha foyda
miqdoridan uch baravar katta bo‘lgan doimiy foydaga aylantirish imkoniga ega
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: