99
olib keladi. Buning aksincha, bozorga kech chiqish va foydaning kamligi kompaniya
salohiyatining qisqarishiga olib keladi.
Mahsulotning muvaffaqiyatga erishuvida muhim shartlardan yana biri
kompaniyaning uni bozorga tezda chiqishini ta’minlash qobiliyati hisoblanadi. Bu
bosqichda vaqtni yo‘qotish mahsulotni ishlab chiqish bosqichidagidan ham katta xavf
tug‘dirishi mumkin. Alfa va beta-versiyalarni taqdim
etish mahsulotni bozorga
chiqarish jarayonini tezlatishning samarali vositalaridan biri sanaladi. Bundan
tashqari, bu versiyalarda yakuniy sanani belgilash ma’lum vaqt o‘tishi bilan
mahsulotning tijorat variantini sotib olish uchun yaxshi rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.
6.5. Internet vositalaridan xizmat ko‘rsatish sohasini
rivojlantirishda foydalanish
Tovar siyosati qo‘llanuvchi o‘ziga xos sohalardan biri xizmat ko‘rsatish sohasi
hisoblanadi. Xizmatlar qatoriga bir tomon ikkinchi tomonga
taklif etishi mumkin
bo‘lgan har qanday faoliyatni – biron narsaga egalik qilishga olib kelmaydigan
sezilmas harakatni kiritish mumkin. Uni taqdim etish, shuningdek, moddiy mahsulot
bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xizmatlar to‘rtta asosiy tavsifnomaga ega bo‘lib, ular marketing dasturini ishlab
chiqishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi: sezilmaslik, bo‘linmaslik, muvaqqatlik
va saqlab bo‘lmaslik:
▪ sezilmaslik — xizmatlarni sezib bo‘lmaydi, moddiy tovarlardan farqli o‘laroq
to xarid qilmaguncha ularni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l
bilan ushlab, his etib, eshitib
bo‘lmaydi. SHu sababdan, noaniqlikni kamaytirish
maqsadida xaridorlar
xizmatlarning tashqi belgilari yoki sifat yaqqoligini tahlil qiladi. Ular xizmat
ko‘rsatish darajasi haqida ofisning joylashuvi, jihozlanishi,
asbob-uskunalari,
xodimlar, taqdim etilayotgan axborot, ramziy belgi va narx bo‘yicha tasavvurga ega
bo‘lishi mumkin. SHu tariqa xizmatlar sotuvchisining vazifasi «qabul qilishni
boshqarish», «sezilmaydiganni seziladigan qilish» qobiliyatidan iborat bo‘ladi;
▪ bo‘linmaslik — xizmatlar moddiy
tovarlardan farqli ravishda, odatda bir
vaqtning o‘zida taqdim etiladi va iste’mol qilinadi. Mijoz xizmat ko‘rsatish
100
jarayonining bevosita ishtirokchisi ekanligi sababli xizmatni sotuvchi va iste’molchi
o‘rtasidagi aloqa xizmatning tovar sifatidagi tavsifnomasi hisoblanadi. YAkuniy
natijaga esa mijoz ham, sotuvchi ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi;
▪ muvaqqatlik — bir xil turdagi xizmatlar sifati ularni kim,
qachon va qaerda
taqdim etishiga qarab keng doirada uchraydi. Buni tushungan holda xaridorlar
ko‘pincha tanlab olishdan avval bir nechta xizmat sotuvchisiga murojaat qiladilar;
▪ saqlab bo‘lmaslik — xizmatlarni saqlash mumkin emasligi barqaror talab
sharoitlarida katta ahmiyatga ega emas, bunda xizmat ko‘rsatilayotgan
mijozlar
sonini aniqlash muammo tug‘dirmaydi. Talab o‘zaruvchan sharoitlarda qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin. Masalan, jamoat transporti korxonalari asosan tig‘iz
paytlarda foydalaniluvchi katta sondagi transport birliklariga ega bo‘lishiga to‘g‘ri
keladi.
Hozirgi paytda xizmat ko‘rsatish sohasi har tomonlama o‘sish va kengayishni
boshidan kechirmoqda. Bu tendensiya Internetni ham chetlab o‘tgani yo‘q, bu erda
xizmatlar bozorning eng katta qismlaridan birini egallagan. Bu sohada axborot,
ta’lim, moliya va kadrlar tanlash xizmatlari yanada rivojlangan.
Bugungi kunda eng rivojlangan tur sifatida
Internetda moliyaviy xizmat
ko‘rsatish sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqamiz.
Internetda moliyaviy xizmatlar
Internet orqali ko‘rsatiluvchi xizmatlar orasida moliyaviy xizmatlar eng
rivojlangan bo‘lib, ular asosan quyidagi faoliyat turlari hisoblanadi (6.4-rasm):
Dostları ilə paylaş: