O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Tovarning hayotiylik davri tezlashuvi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

6.3-rasm. Tovarning hayotiylik davri tezlashuvi
17
 
 
Tovar raqobatbardoshligi 
Tovarni xarid qilish jarayonida tanlovni amalga oshirar ekan, xaridor bu tovarni 
mazkur bozordagi unga o‘xshash bo‘lgan boshqa tovarlardan ajratib turuvchi 
xislatlarini belgilab beradi. Aynan shu tovarni sotib olar ekan, xaridor shu tariqa 
uning jozibadorligini, o‘zining muayyan ehtiyojini qondirish darajasini hamda bu 
tovarni sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga tayyorlik 
darajasini baholaydi. 
Xaridorning muayyan ehtiyojlarini qondirishda raqobatchi tovarlarga nisbatan 
uning ustunligini ta’minlovchi sifat va qiymat tavsifnomalari yig‘indisi tovarning 
raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi. 
17
Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. –Т.: ТДИУ, 2011. 265 б. 
Sotuv hajmi 
Vaqt


93 
Elektron tijoratning rivojlanishi, bozorlarning globallashuv tendensiyalari 
kuchayishi raqobatni kuchaytiruvchi manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Uning 
o‘sishi korxonalar oldiga o‘z tovarlari raqobatbardoshligini oshirish, ularning 
raqobatli ustunligini yaratish vazifasini qo‘yadi. 
Ustunlik taqqoslagandan seziladi, shuning uchun nisbiy tavsifnoma hisoblanadi 
va turli omillar bilan izohlanadi. Ustunlik omillarini ikkita keng toifaga taqsimlash 
mumkin — tashqi va ichki raqobatli ustunlik - ular tovar va firmaning o‘z 
raqobatchilari bilan kurashish qobiliyatini tavsiflaydi. 
Tashqi raqobatli ustunlik tovarning «bozor kuchi»ni aks ettiradi. Bu kuch uni 
raqobatchilarga nisbatan qimmatroq narxda sotish va unga o‘xshash boshqa 
tovarlardan norozi xaridorlar ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini asoslab beradi. 
Ichki raqobatli ustunlik esa tovar tannarxi raqobatchilarga nisbatan pastroq bo‘lib, 
mahsuldorlik yuqoriligi va ishlab chiqarish xarajatlaridagi ustunlikka asoslanadi. 
Shunday qilib, tovar raqobatbardoshligi uning iste’molchilar uchun jozibadorlik 
darajasi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lib, bu ularning bir qator talablari 
majmuini qondirish imkoniyatini belgilab beradi. Xaridor tovardan foydalanish 
natijasida undan olinuvchi foydali samarani va uni sotib olish va ekspluatatsiya qilish 
bilan bog‘liq xarajatlarni baholar ekan, tovarni tanlab olishni asoslab beradi. SHu 
sababdan tovar raqobatbardoshligi iste’molchi tomonidan tovar narxi, sifati va unga 
ko‘rsatiladigan servis darajasini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Tovarning 
marketing muhiti kabi ko‘rsatkich ham taqqoslanishi lozim. 
Tovarning raqobatbardoshlik va jozibadorlik omillarini aks ettiruvchi tasnifiy 
sxemani narx — sifat — servis — marketing muhiti zanjiri sifatida ifodalash
mumkin (6.1-jadval). 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin