84
6-BOB. INTERNET MARKETINGNING KONSEPTUTSAL STRATEGIK
RIVOJLANISH JIHATLARI – INNOVATSION MARKETINGNING
TARKIBIY QISMI SIFATIDA
6.1. Innovatsiyalarni boshqarishda internet texnologiyalarining
o‘rni va roli
Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy bosqichi alohida ishlab
chiqarish-xo‘jalik sub’ektlari uchun ham, butun iqtisodiyot uchun ham eng yangi
axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati jadal o‘sishi bilan
tavsiflanadi. Bu birinchi navbatda postindustrial jamiyatga o‘tilishi
va yangi axborot
iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog‘liq. Globallashuvning tayanch infratuzilmasini
internet jahon axborot tarmog‘i tashkil qiladi. Bozordagi marketing tadqiqotlari
bosqichida korxonalarda innovatsiyalarni boshqarishda internet-texnologiyalar joriy
qilinishi zamonaviy firmalarga innovatsiyalar yaratish uchun g‘oyalar izlab topishda
sezilarli yordam ko‘rsatadi.
Internet-texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan innovatsiyalarni boshqarishda ro‘y
bergan asosiy o‘zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
▪ «ko‘pga bir» an’anaviy modelidan internetda amalga oshirilayotgan «ko‘pga
ko‘p» ko‘p yo‘nalishli kommunikatsiya modeliga o‘tish, ya’ni firma axborotlarini
iste’molchilarga bir tomonlama uzatishdan real vaqt
rejimida korxonalarning
iste’molchilar bilan ikki tomonlama o‘zaro aloqalarga o‘tilishi;
▪ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvni amalga oshirish yo‘li bilan innovatsiyalarni
taqsimlashning uzun va ko‘p pog‘onali kanallarini almashtirish va ularning
funksiyalari vositachilarning biron-bir mahsulotga egalik huquqini olmasdan turib
tarmoqda oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda har tomonlama axborot bilan
qo‘llab-quvvatlashga borib taqaladigan yangi axborot vositachilari paydo bo‘lishiga
borib taqaladi;
▪ ommaviy iste’molchiga yo‘nalganlikdan innovatsion
sohada yakka tartibdagi
taklif shakllantirishga o‘tilishi, shuningdek, ulardan bir qismi ham raqamli, ham
jismoniy shaklda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi elektron tovarlar paydo bo‘lishi;
85
▪ moslashuvchan narx strategiyalaridan foydalanish, shuningdek, narx
shakllanishiga yakka tartibdagi yondashuvni amalga oshirish ustuvorligi.
Internet-texnologiyalar zamonaviy firmalarga innovatsiyalar
yaratish uchun
g‘oyalar izlab topishda katta yordam ko‘rsatishi mumkin.
Internet orqali g‘oyalar izlashda birinchi boshlang‘ich maydoncha iste’molchilar
hisoblanadi. Ularning ehtiyojlarini mijozlar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, chat va
forumlar yordamida guruh muhokamalari, firmalarning elektron manzillariga kelib
tushadigan
xatlar
vositasida
kuzatib
borish
mumkin.
Onlayn-so‘rovlar
iste’molchilarning didi, xoxish-istaklari va h.k. aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Iste’molchilar qiziqishlarini aniqlashning eng samarali usuli saytning u yoki bu
sahifalariga tashrif buyurishlarni hisob-kitob qilish hisoblanadi.
Serverga buyurilgan tashriflar statistikasini tahlil qilish
imkoniyatlari internet-
texnologiyalarning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Respondentlarning
faol ishtiokini talab qiladigan so‘rovlar o‘tkazishdan farqli ravishda, statistika tahlili
tashrif buyuruvchilarni faol harakatlarga jalb qilmagan holda qimmatli axborot
to‘plashga imkon beradi. Ko‘plab internet-kompaniyalar kompaniya saytiga tashriflar
bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘plash
imkoniyatini beradi, bu ma’lumotlar tashrif
buyuruvchilar soni, tashrifchilarning takroriy kirishlari soni, ommaviylik va
tashrifchining sahifada bo‘lish vaqti, tashrifchining geografik joylashuvi, u
foydalanadigan dasturiy ta’minot
va brauzer, kun davomidagi tashriflar statistikasini
o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, iste’molchilarning javoblari firmaga qaysi g‘oya
varianti ko‘proq jalb etuvchanlik kuchiga ega ekanligini aniqlashga yordam beradi.
Internet-texnologiyalarni amalga oshirish samaradorligi quyidagi omillar bilan
asoslanadi:
▪ mablag‘larning sezilarli darajada tejalishi;
▪ real vaqt rejimida ishlash;
▪ interaktivlik;
▪
global ishtirok;
▪ maqsadli doiraga qaratilganlik;
▪ internet orqali sotuvni amalga oshirish imkoniyati;
86
▪ mehnat xarajatlari kamayishi;
▪ bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi;
▪ raqobat muhitini tahlil qilishning soddalashtirilishi.
Tarmoqda ishlashning yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklaridan tashqari, shuni ham
ta’kidlash joizki, Internet yangi tovarning bozorga chiqish vaqtini qisqartiradi va
kompaniyalarning bozor sharoitlariga moslashish jarayonini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: