O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Internet-texnologiyalarining korxonalar faoliyatiga va milliy



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

6.1-rasm. Internet-texnologiyalarining korxonalar faoliyatiga va milliy 
iqtisodiyotga ta’siri 
 
Internet-texnologiyalardan 
foydalanish 
korxonalar 
faoliyat 
ko‘rsatishi 
samaradorligini sezilarli darajada oshirishga olib keladi, bunda aytib o‘tilgan ta’sir bir 
vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha ro‘y beradi. Korxonalarning ish 
samaradorligini oshirish omillari, shuningdek, internet-texnologiyalarning milliy 
iqtisodiyotga ta’sir etish jarayoni quyidagi rasmda aks ettirilgan. 
Bundan tashqari, eng yangi axborot texnologiyalarining ulkan rol o‘ynashiga 
qaramay, elektron marketing an’anaviy marketing o‘rnini bosmasdan, uni faqat 
to‘ldirib turadi, shu tariqa marketing faoliyati majmuini kengaytiradi, ya’ni 
Korxonada internet-texnologiyalaridan foydalanish
Sotuv bozorini 
kengaytirish 
Qo’shilgan 
qiymatning 
o’sishi 
Ishlab 
chiqarish 
jarayoni 
tezlashuvi 
Marketing 
faoliyati 
samaradorligi 
ortishi
Global bozorga 
kirish 
soddalashuvi 
Pul muomalasi 
jarayoni 
tezlashuvi 
Ishbilarmon 
hamkorlar 
bilan ishlash 
osonlashuvi 
Korxonada internet-texnologiyalaridan foydalanish 
Korxonalar ish samaradorligining 
ortishi 
Iqtisodiyotning axborotlashuv 
darajasi o’sishi 


87 
amaliyotda integratsiyalangan yondashuv qo‘llaniladi. SHu boisdan korxonalarga 
elektron marketing va an’anaviy marketingning eng optimal uyg‘unlashuvini topish 
muammosi mavjud. 
Internet kompaniyalarga raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha ajoyib 
imkoniyatlar taqdim etadiki, bu interaktiv muhitda ishlash xususiyatlaridan kelib 
chiqadi. Firma o‘z biznesini Internetga o‘tkazishi bilan u barcha foydalanuvchilar 
uchun ochiq bo‘lishga majbur, chunki mijozlar va hamkorlarni jalb qilish va ushlab 
qolish uchun firma, tovarlar, narxlar va h.k. haqida to‘liq va asosiysi, ishonchli 
axborot taqdim etish zarur, aks holda ularda taqqoslash uchun imkoniyat bo‘lmaydi. 
Internet tarmog‘ida biznes yuritishning bu xususiyati raqobatchilar faoliyatini
monitoring qilish uchun muvaffaqiyat bilan foydalanilgan. Minimal raqobatli ustunlik 
firma uchun bozor ulushining sezilarli o‘sishiga olib kelishi mumkin. SHunday qilib, 
firma ularning kuchsiz tomonlaridan foydalangan va ustunliklarini bartaraf qilgan 
holda raqobatchilar harakatlarini oldindan bilib olishi mumkin. 
Onlayn rejimida anketa so‘rovi o‘tkazish oddiy anketa so‘rovi o‘tkazish bilan 
taqqoslaganda jiddiy ustunliklarga ega bo‘lib, bu tadqiqot samaradorligini sezilarli 
darajada oshiradi. Kamchiliklarga keladigan bo‘lsak, internet-so‘rovlarga boshqa 
anketa so‘rovlari kabi umumiy muammolar xos sanaladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin