O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 An’anaviy va elektron innovatsion marketingning oqilona uyg‘unlashuvini



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

6.2. An’anaviy va elektron innovatsion marketingning oqilona uyg‘unlashuvini 
ta’minlash
 
Internet-loyihani amalga oshirishni boshlash haqida qaror qabul qilishda shuni 
hisobga olish kerakki, Internet tizimi bu – innovatsion marketingning oddiy bir yangi 
vositasigina emas, balki korxonada marketing majmuini kengaytirish vositasi hamdir. 
Eng yangi axborot texnologiyalarining ulkan rol o‘ynashiga qaramay, elektron 
marketing an’anaviy marketing o‘rnini bosmasdan, uni faqat to‘ldirib turadi, shu 
tariqa marketing faoliyati majmuini kengaytiradi, ya’ni amaliyotda integratsiyalangan 
yondashuv qo‘llaniladi.Shu sababli kompaniya faoliyatining muvaffaqiyati an’anaviy 
va elektron innovatsion marketing oqilona uyg‘unlashuviga erishish bilan belgilanishi 
lozim. Bu uyg‘unlashuvning oqilonaligi quyidagi asosiy omillar bilan izohlanadi. 


88 
1. Internet-loyiha haqiqatda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u faqat kompaniya 
umumiy korporativ strategiyasi doirasida yaratilishi va uning tarkibiy qismlaridan 
birini ifodalashi lozim. Hozirgi paytda ko‘plab kompaniyalar ushbu qoidaga amal 
qilmayapti, bu esa real zarurat bo‘lmagani holda sezilarli kapital qo‘yilmalar 
kiritishni talab qiladigan yirik miqyosli loyihalar yaratishga yoki aksincha, bunda 
firma kichikkina axborot veb-sahifasi ochish bilan cheklanadigan internet-loyihalarni 
etarli darajada moliyalashtirmaslikka olib keladi. 
2. 
An’anaviy va internet-marketing nisbati universal bo‘lmasligi, 
kompaniyaning bozor ulushi va uning tarmoqdagi o‘sish sur’atiga qarab farqlanishi 
lozim. Qoidaga ko‘ra, umumiy korporativ strategiya tanlash Boston matritsasi asosida 
amalga oshiriladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra barcha firmalar yuqorida ko‘rsatilgan 
ikki ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rt guruhga taqsimlanadi. Internet-loyiha kompaniyaning 
umumiy strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilishi lozim ekanligini ham hisobga olib, 
marketing ikki yo‘nalishi o‘rtasida resurslar taqsimlash sohasida strategiya 
shakllantirishda shuningdek, Boston matritsasidan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Bundan tashqari, Boston matritsasi innovatsiyalar strategiyasini shakllantirishda ham 
foydalaniladi, istalgan internet-loyiha esa aynan innovatsion xarakterga ega bo‘ladi. 
3. Mablag‘larni an’anaviy va elektron marketing o‘rtasida taqsimlash hamda 
internet-loyihani amalga oshirish va uning ko‘lamlari haqida qaror qabul qilishda 
firma tomonidan bir qator mezonlar baholanishi lozim bo‘lib, ularning asosiylari 
quyidagilar hisoblanadi: 
▪ real va elektron bozordagi raqobat darajasi va uning o‘zgarish tendensiyalari; 
▪ loyiha tashkilotning maqsad va vazifalariga, shuningdek, uning moliyaviy 
imkoniyatlariga mos kelishi; 
▪ real va elektron bozorlar sig‘imi nisbati; 
▪ internet-loyiha ishlab chiqish va amalga oshirish qiymati; 
▪ vaqt jihati: kompaniya elektron marketingni amalga oshirishdan foyda ola 
boshlaydigan paytgacha zarur bo‘lgan vaqt; 
▪ internet-marketingga qo‘yilmalar o‘zini qoplamasligi bilan bog‘liq risk; 


89 
▪ mos keluvchi kasbiy daraja va malakaga ega bo‘lgan qo‘shimcha 
mutaxassislar jalb qilishga ehtiyoj; 
▪ qo‘shimcha texnik va texnologik ta’minotga ehtiyoj va uni xarid qilish 
xarajatlarini baholash. 
4. Hozirgi paytda Internet tizimida savdoni tashkil qilishda kompaniyalar 
xaridorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham, vositachilar orqali ham topmoqda, bunda ko‘plab 
firmalar Internetda odatiy taqsimot kanallaridan foydalanishga harakat qilmoqda. 
Internet bu – real bozordan farq qiladigan va o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan 
bozor ekanligi sababli internetda faqat interaktiv muhitda ishlashga ixtisoslashgan 
elektron vositachilar bilan ishlash eng samarali hisoblanadi. Real bozorda an’anaviy 
taqsimot kanallaridan foydalanishda Internet vositachilar bilan o‘zaro aloqalarni 
engillashtirish uchun va qo‘shimcha axborot manbasi sifatida qo‘llanishi lozim.
5. Internet tizimi orqali sotuvni tashkil qilishda firmalar e’tiborga olishi lozim 
bo‘lgan yana bir muammo vujudga keladi. Bugungi kunda xorijiy internet-
magazinlarda tovar va xizmatlarning barcha turlari taklif etilmoqda. Biroq agar g‘arb 
mamlakatlarida tarmoqa taklif etilayotgan barcha mahsulotlarga xaridorlarda talab 
mavjud bo‘lsa, bizning mamlakatimizda asosan dasturiy ta’minotna talab yuqori 
sanaladi.
6. Muzokaralar olib borishda shaxsiy uchrashuvlar va internet-texnologiyalardan 
foydalanishni uyg‘unlashtirish zarur. Xususan, yakuniy muzokaralarni internetdan 
tashqarida o‘tkazish maqsadga muvofiq, bunda hamkorlarda qulay taassurot qoldirish 
va psixologik omil katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
muhim masalalarning muhokamasini ham odatiy usul bilan amalga oshirish 
yaxshiroq bo‘ladi. 
7. Reklama kampaniyalari o‘tkazishda shubhasizki, boshqa mediakanallar bilan 
taqqoslaganda Internet ustunliklarga ega bo‘ladi, biroq u an’anaviy kanallarning 
o‘rnini bosa olmaydi. Internet tizimidan foydalanuvchilar soni mamlakat aholisi 
umumiy sonining ma’lum bir foizinigina tashkil qilishi sababli faqat internet-reklama 
bilan chegaralanish yoki undan asosiy fosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiq 
emas. Internet-reklamaga mablag‘lar an’anaviy va internet-bozor hajmining 


90 
nisbatiga, kompaniya oldida bozorlarni kengaytirish bo‘yicha turgan vazifalarga 
qarab proporsional ravishda taqsimlanishi lozim.
Korxonada innovatsion marketing samaradorligini belgilab beradigan eng 
muhim omillar qatoriga elektron va an’anaviy marketing uyg‘unlashuvidan tashqari 
innovatsion marketing tizimi ushbu elementlarini alohida optimallashtirishni ham 
kiritish zarur. Elektron marketing mahalliy korxonalar uchun hali yangilik 
hisoblanishini hisobga olib, ushbu yo‘nalishni takomillashtirish bugungi kunda eng 
dolzarb hisoblanadi. 
Bozorni segmentlash muammosi internet-marketing uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki Internet kompaniyalarga bozor segmentini tashkil qiladigan 
maqsadli doiraga o‘z ta’sirini maksimal darajada aniq mujassamlantirishga imkoln 
beradi. Segmentlash usulini to‘g‘ri tanlash shartida Internet bu jarayonni ancha 
soddalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, yoki umuman xarajatlar talab 
qilinmaydi, yoki ular minimal bo‘ladi; bunda segmentlashni juda tez o‘tkazish, ya’ni 
vaqtni ham tejash mumkin. 
Shunday qilib, firma maqsadli doiraga yo‘naltirilishi va uning hajmiga qarab
taxmin qilinayotgan bozor hajmini, demak, kutilyotgan sotuv hajmini ham aniqlashi 
mumkin. 
Internet-savdoning an’anaviy savdodan muhim bir farqi sotuvchi tomonidan 
xaridorga nisbatan ruhiy ta’sir ko‘rsatish imkonining yo‘qligi hisoblanadi. Internet 
orqali xarid qilishda foydalanuvchi faqat kompyuter bilan muloqot qiladi va taklif 
etilayotgan tovar tavsifnomasini diqqat bilan o‘rganish uchun etalicha vaqtga ega 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin