87
amaliyotda integratsiyalangan yondashuv qo‘llaniladi. SHu boisdan korxonalarga
elektron marketing va an’anaviy marketingning eng optimal uyg‘unlashuvini
topish
muammosi mavjud.
Internet kompaniyalarga raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha ajoyib
imkoniyatlar taqdim etadiki, bu interaktiv muhitda ishlash
xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Firma o‘z biznesini Internetga o‘tkazishi bilan u barcha foydalanuvchilar
uchun ochiq bo‘lishga majbur, chunki mijozlar va hamkorlarni jalb qilish va ushlab
qolish
uchun firma, tovarlar, narxlar va h.k. haqida to‘liq va asosiysi,
ishonchli
axborot taqdim etish zarur, aks holda ularda taqqoslash uchun imkoniyat bo‘lmaydi.
Internet tarmog‘ida biznes yuritishning bu xususiyati raqobatchilar faoliyatini
monitoring qilish uchun muvaffaqiyat bilan foydalanilgan. Minimal raqobatli ustunlik
firma uchun bozor ulushining sezilarli o‘sishiga olib kelishi mumkin. SHunday qilib,
firma ularning kuchsiz tomonlaridan foydalangan va ustunliklarini bartaraf qilgan
holda raqobatchilar harakatlarini oldindan bilib olishi mumkin.
Onlayn rejimida anketa so‘rovi o‘tkazish oddiy anketa so‘rovi o‘tkazish
bilan
taqqoslaganda jiddiy ustunliklarga ega bo‘lib, bu tadqiqot samaradorligini sezilarli
darajada oshiradi. Kamchiliklarga keladigan bo‘lsak, internet-so‘rovlarga boshqa
anketa so‘rovlari kabi umumiy muammolar xos sanaladi.
Dostları ilə paylaş: