90
nisbatiga, kompaniya oldida bozorlarni kengaytirish bo‘yicha turgan vazifalarga
qarab proporsional ravishda taqsimlanishi lozim.
Korxonada innovatsion marketing samaradorligini belgilab beradigan eng
muhim omillar qatoriga elektron va an’anaviy marketing uyg‘unlashuvidan tashqari
innovatsion marketing tizimi ushbu elementlarini alohida optimallashtirishni ham
kiritish zarur. Elektron marketing mahalliy korxonalar uchun hali yangilik
hisoblanishini hisobga olib, ushbu yo‘nalishni takomillashtirish bugungi kunda eng
dolzarb hisoblanadi.
Bozorni segmentlash muammosi internet-marketing uchun muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki Internet kompaniyalarga bozor segmentini tashkil qiladigan
maqsadli doiraga o‘z ta’sirini maksimal darajada aniq mujassamlantirishga imkoln
beradi. Segmentlash usulini to‘g‘ri tanlash shartida Internet bu jarayonni ancha
soddalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, yoki umuman xarajatlar talab
qilinmaydi, yoki ular minimal bo‘ladi; bunda segmentlashni juda tez o‘tkazish, ya’ni
vaqtni ham tejash mumkin.
Shunday qilib, firma maqsadli doiraga yo‘naltirilishi va uning hajmiga qarab,
taxmin qilinayotgan bozor hajmini, demak, kutilyotgan sotuv hajmini ham aniqlashi
mumkin.
Internet-savdoning an’anaviy savdodan muhim bir farqi sotuvchi tomonidan
xaridorga nisbatan ruhiy ta’sir ko‘rsatish imkonining yo‘qligi hisoblanadi. Internet
orqali xarid qilishda foydalanuvchi faqat kompyuter bilan muloqot qiladi va taklif
etilayotgan tovar tavsifnomasini diqqat bilan o‘rganish uchun etalicha vaqtga ega
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: