KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal sur`atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqdaki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.
Mahalliy byudjetlar ijrosi va byudjet intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni mustahkamlash “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o`rin tutadi.1 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkiblashtirish sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib Mahalliy byudjetlar ijrosi va byudjet intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni mustahkamlash xizmat qiladi. Mahalliy byudjetlar ijrosi va byudjet intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni mustahkamlash ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir.
Hozirgi kunda mahalliy byudjetlar ijrosi va byudjet intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni mustahkamlashning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.
Mahalliy byudjetlar ijrosi va byudjet intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni mustahkamlash jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy ,mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilinishi bilan dolzarb ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribalaridan foydalangan holda milliy iqtisodiyotning samaradorlik darajasini oshirish muammosi deyarli har bir rivojlanayotgan mamlakat oldida turgan va hal qilinishi birlamchi ahamiyat kasb etuvchi vazifadir. O’zbekiston Respublikasida ham moliya tizimini yo’lga qo’yishda turli taraqqiy etgan mamlakatlar: Rossiya, Fransiya va Germaniya mamlakatlari modellaridan foydalanilganligini anglab yetish uchun esa iqtisodchi-kadrdan shu va boshqa mamlakatlar moliya tizimiga oid asosiy bilimlarni egallashni talab etiladi.
Lekin shuni ta’kidlab o’tish joizki, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar misolida milliy iqtisodiy modelni yaratishda yo’l qo’yilgan xatolar, ularning oqibatlari rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan oqilona foydalanish talabini yuzaga keltiradi. Shu jumladan, mamlakatning iqtisodiy dastagi hisoblangan davlat moliyasi ustidan olib boriladigan nazorat ishlari ham ma’lum me’yorlar yordamida amalga oshirilishi taqozo etiladi. Bank va moliya sohalarining davlat tomonidan tartibga solinishi, bank kapitalini tizimli nazorat qilishni ta’minlash, shuningdek, bu borada xalqaro moliya institutlarining roli haqidagi masala ekspertlar hamda rasmiy doiralarning mintaqaviy va global darajadagi asosiy muhokama mavzusiga aylanmoqda.
Har bir mamlakat o’z moliya tizimiga ega bo’lib, ular umumiy ko’rinishda deyarli bir xil funksiyani bajaradi, ya’ni taqsimlash va nazorat. Taqsimlash jarayoni har bir moliya yurituvchi siyosiy subyektning joriy holati va belgilab olgan me’yorlari doirasida amalga oshiriladi.