O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə9/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi2

II BOB. AMALIY QISM
2.1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tuzilishi tartibi
O’zbekiston Republikasi Byudjet hisobining 3-sonli standatiga asosan, Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning yillik moliyaviy hisobotlari kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga tuziladi11.
Byudjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot shakllariga (ro‘yxat raqami 2837, 2016-yil 8-noyabr) muvofiq tuzadi va topshiradi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Standartning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Balans (1-son shakl);
Standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot;
Standartning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
Standartning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Standartning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 8-ilovasiga muvofiq shaklda Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 9-ilovasiga muvofiq shaklda Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Standartning 10-ilovasiga muvofiq shaklda Byudjet tashkilotini chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot.
Byudjet tashkilotlari qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalarida (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) belgilangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim etadi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-son shakl);
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot;
Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Byudjet tashkilotini chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobot shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi “Bosh jurnal kitobi” (bundan buyon matnda Bosh jurnal kitobi deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlaridagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
Byudjet mablag‘larini oluvchilar Davlat byudjeti mablag‘lari bo‘yicha Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Balans (1-son shakl)ni, Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni, Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotni hamda Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobotni mazkur Standartning talablariga muvofiq holda taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
“Tashkilot” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi;
“Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifiga muvofiq tashkiliy va vazifa jihatidan bo‘linishi (belgilanishi) ko‘rsatiladi;
“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak) ko‘rsatiladi;
“Byudjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot bo‘yicha byudjetlar darajasi kodlari ko‘rsatiladi;
“O‘lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o‘lchov birligi keltiriladi.
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotda budjet tashkilotining hisobot davri bo‘yicha hisoblangan daromad (tushum)lar va haqiqiy xarajatlar o‘rtasidagi farq hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari yig‘indisi aks ettiriladi.
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotning “Daromadlar” ustunida 308-shakldagi “Bosh jurnal kitobi”dagi qoldiqlar quyidagi subschyotlar bo‘yicha aks ettiriladi:
budjetdan moliyalashtirish;
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar;
taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
budjet tashkilotlari tomonidan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar;
budjet tashkilotlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi hisoblangan daromadlar.
“Daromadlar — jami” qatorida 010, 011, 012, 013, 014, 015, 016, 017, 018, 019, 020-qatorlarning yig‘indi summasi aks ettiriladi.
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotning “Xarajatlar” ustunida 308-shakldagi “Bosh jurnal kitobi”dagi quyidagi subschyotlar bo‘yicha qoldiqlar aks ettiriladi:
budjet mablag‘laridan hisoblangan haqiqiy xarajatlar;
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar;
boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar.
“Xarajatlar — jami” qatorida 030, 031, 032, 033 va 034-qatorlarning yig‘indi summasi aks ettiriladi.
“Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” qatorida “630 000 — Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari” subschyotining debetidagi qoldiq mablag‘lar ijobiy, aksincha kreditidagi qoldiq mablag‘lari esa salbiy ko‘rsatgichda aks ettiriladi.
“Joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari” qatorida 030 qatordan 040 qator ayiriladi va 050, 060, 070, 080, 090, 100, 110 qatorlarni qo‘shilgandagi natijasi ko‘rsatiladi. Ya’ni “Daromadlar — jami” qatoridan “Xarajatlar — jami” qatori ayiriladi hamda Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘zaro hisob-kitoblari, Markazlashgan holda qabul qilingan (berilgan) moddiy qiymatliklar, Beg‘araz (bepul) qabul qilingan (berilgan) moddiy qiymatliklar, Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar, Asosiy vositalar, qiymatliklar va nomoddiy aktivlarni qayta baholash, Realizatsiya va xarajatlar, Kurs farqi bo‘yicha foyda (zarar) larning qoldiq summalari aks ettiriladi12.

Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin