O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Buxgalteriya hisobining turkumlanishi.4



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə5/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi2

2-rasm. Buxgalteriya hisobining turkumlanishi.4
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo'yicha balansi bir tomonli yoki ikki tomonli shakldagi jadval ko'rinishida taqdim etilishi murakin. Jadvalning bir qismida mablag'laming turlari yoki joylanishi va foydalanish bo'yicha qayd qilinsa, boshqa qismida esa byudjet tashkilotining mablag'lari ulaming tashkil etilish manbalari bo'yicha qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi mablag'larining turlari, joylanishi va foydalanish bo'yicha qayd qilinadigan qismi buxgalteriya balansining aktivi deb ataladi. Mablag'lar, ulaming tashkil topish manbalari bo'yicha qayd qilinadigan balansning boshqa qismi buxgalteriya balansining passivi deb ataladi.
Byudjet tashkiloti balansining tuzilishi xo'jalik yurituvchi subyektning balansi tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Byudjet tashkilotlari o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli mablag'lami byudjetdan oladi, shuning uchun ham ular o'zlarining aylanma mablag'lariga ega bo'lmaydi va bankdan ssudalar ololmaydi.
Byudjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo'q. Balansning aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi ma’lumotlarga balansning passividagi «Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vosita-laming eskirishi» subschyotlaridagi ma’lumotlarga to'g'ri keladi, balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyotidagi ma’lumotlarga to'g'ri keladi. Barcha moddiy qiymatliklar, pul mablag'lari va hisob-kitoblardagi mablag'lar balans passividagi umumiy qoida bo'yicha byudjetdan moliyalashtirish va maxsus mablag'laming daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari bilan qoplanadi.
Byudjet tashkilotining buxgalteriya balansining xususiyatlari xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan shulardan iboratdir. Byudjet tashkilotining buxgalteriya balansi byudjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus mablag'laming smetalari ijrosi va boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar bilan operatsiyalami qayd qiladi.
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo'yicha buxgalteriya balansining aktivi va passivi quyidagi bo'limlardan iboratdir.
Bugalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag’lar, xo'jalik jarayoni va uning ta'siri ostidagi xo'jalik mablag’larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo'ladigan o'zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo'jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining «Hisoblar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq hisoblar va hisobotini tashkil etishni tashkilot rahbari amalga oshiradi. Rahbar ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqilishini, xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, to'liq va aniq hisoblar yuritilishini, hisob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun hisobotni tayyorlanishini, soliq hisobotlarini va boshqa hujjatlaming tayyorlanishini hamda hisob-kitoblaming o'z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart.
Byudjet tashkilotining rahbari: tashkilotda hisoblarni to'g'ri yuritilishi uchun shart-sharoitlarni yaratishga; hujjatlarni rasmiylashtirish, hujjatlarni va ma’lumotlami hisobga olish uchun taqdim etish masalalari bo'yicha bosh buxgalteming talablarini hisobga aloqasi bo'lgan tashkilotning barcha tarkibiy bo'linmalari va xodimlari tomonidan bajarilishini ta’minlashga mas’uldir.
Byudjet tashkiloti rahbari mazkur tashkilotda hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslaming ikkita ro'yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro'yxatga-rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga-hisoblar va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Bu ro'yxatlarda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslaming har qaysisiga qanday hujjatlarga imzo chekishga huquq berilganligi ham aniqlab qo'yiladi. Yuqorida ko'rsatilgan shaxslaming imzosi bo'lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Byudjet tashkilotlarida hisoblar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining me’yoriy hujjatlarida belgilangan yagona uslubiyatni qo'llab yagona tizim bo'yicha tashkil qilinadi. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha xarajatlar smetalarining ijrosi hisoblarni ikki yoqlama yozish tizimi bo'yicha olib boriladi. Byudjet tashkilotlarining katta-kichikligi, xarajatlar smetalarining hajmi, operatsiyalar soni va ma’lumotlarni ishlash vositalaridan foydalanilishiga qarab hisobning turli shakllari (memorial-order, jurnal-order, bosh-jurnal va boshqalar) qo'llaniladi.

Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin