O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Hisobotlarning memorial-order shakli



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə6/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi2

Hisobotlarning memorial-order shakli. Bu shakl qo'llanilganda ayrim boshlang'ich hisob hujjatlari yoki guruhlovchi va yig'uvchi vedomostlar asosida memorial-orderlar tuziladi va har bir memorial-orderning umumiy summasi ro'yxatga olish jurnaliga yoziladi. Memorial-orderlaming ma’lumotlari bosh kitobga yoki bosh kitobning o'rnini bosadigan nazorat vedomostiga yoziladi. Bunda debet subschyoti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi kreditlanuvchi subschyotlar hamda kredit subschyoti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi subschyotlar ko'rsatiladi. Oy tugagandan keyin har bir subschyotning debeti va krediti bo'yicha yozuvlar jami (aylanmasi) sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomostga o'tkaziladi. Bu vedomostning jami ro'yxatga olish jurnali bo'yicha jami summa bilan solishtiriladi. Memorial-orderlarga ilova qilingan hujjatlarning ma’lumotlari bo'yicha analitik hisob schyotlari olib boriladi; oyning oxirida ular asosida aylanma vedomostlari tuziladi; sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomost bilan solishtiriladi. Sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomost asosida balans tuziladi.
Memorial-order shaklning asosiy kamchiliklari bo'lib analitik hisobning sintetik hisobdan alohidaligi, bitta summani ko'p marotaba yozilishi (memorial-orderda, ro'yxatga olish jurnalida, sintetik hisob va analitik hisob registrlarida), hisobot tuzishda joriy hisob ma’lumotlarini yig'ib chiqilishi va guruhlashtirilishini amalga oshirish kerakligi hisoblanadi.
61-sonli hisoblar bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq xarajatlar smetalarning ijrosini hisoblar hisoblarning memorial-order shakli bo'yicha amalga oshirilishi belgilangan.
Hisoblarning jurnal-order shakli. Vazirliklar va idoralar ayrim hollarda byudjet tashkilotlariga xarajatlar smetalarining ijrosini hisoblarni belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan ko'rsatmalar bo'lsa hisoblarning jumal-order shaklida olib borishga ruxsat berilishi mumkin.
Hisoblarning jumal-order shakli boshlang'ich hisob hujjatlarining ma’lumotlarining sintetik va analitik hisobini olib borish uchun kerak bo'lishi nuqtayi nazaridan kelib chiqib yig'ish prinsiplaridan foydalanishga asoslangandir. Hisobning bu shaklida yig'uvchi registrlarning ikki xili qo'llaniladi: jurnal-orderlar va yordamchi vedomostlar. Jumal-orderlarda korrespondensiyalanuvchi schyotlar keltiriladi, shuning uchun ham memorial-orderlami tuzish zarurati yo'qoladi. Jumal-orderlarda yozuvlar xronologik tartibda olib boriladi, shuning uchun ham ro'yxatga olish jurnalini yuritishning keragi bo'lmaydi.
Boshlang'ich hisob hujjatlarining yoki yordamchi va guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlari har bir sintetik schyotga alohida-alohida yuritiladigan jurnal-orderlarga yoziladi. Ayrim jurnal-orderlar bir nechta o'zaro aloqador sintetik schyotlar uchun tayinlangan bo'ladi. Jurnal-orderlar kredit alomati bo'yicha tuzilgan, ya’ni ularda yozuvlar mazkur schyotning krediti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi schyotlar bilan amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotining kassa va talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari bo'yicha operatsiya ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun debet bo'yicha maxsus vedomostlar ham yuritiladi. Jumal-orderlarning oylik jami bosh kitobga o’tkaziladi. Bu bosh kitob memorial-order shaklida olib boriladigan bosh kitobdan shaklan farq qiladi, chunki schyotning krediti bo'yicha kredit aylanmaning umurniy summasini korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi schyotlar bo'yicha bo'linmasdan yozish uchun bir ustun ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, aylanmani yozish uchun har bir oyga faqat bir qator ajratiladi va saldo ko'rsatiladi. Bosh kitob asosida (sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomost tuzmasdan) balans tuziladi.
Jurnal-orderlarda ko'pgina schyotlar bo'yicha sintetik va analitik hisoblar birga olib boriladi. Katta miqdordagi shaxsiy schyotlarga ega bo'lgan schyotlar bo'yicha alohida analitik hisob olib boriladi. Bu analitik schyotlar bo'yicha aylanma yoki saldo vedomostlari tuziladi.
Hisoblarning jumal-order shaklida yozuvlar va registrlar soni qisqaradi; analitik hisob sintetik hisob bilan yaqinlashtiriladi; ko'pgina hisobot ko'rsatkichlarni joriy hisob registrlaridan to'g'ridan-to'g'ri olish imkoniyati paydo bo'ladi, bu esa hisobotni tuzishni osonlashtiradi va tezlashtiradi hamda hisobning analitik sifatini yuqori ko'taradi.

Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin