O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Byudjet hisoboti turlari.3



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə4/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi2

1-rasm. Byudjet hisoboti turlari.3
Depozit summalar-byudjet tashkilotining ixtiyoriga vaqtincha kelib tushgan va ma’lum sharoit vujudga kelishi munosabati bilan qaytarilishi yoki tayinlanishi bo'yicha hisobga o'tkazilishi lozim bo'lgan mablag'lardir. Bular jumlasiga, masalan, davolash muassasalaridagi kasallarning, ulami davolash muassasasidan chiqarilganda egalariga qaytariladigan pullari, sud organlari ixtiyorida vaqtincha saqlanayotgan va sud qaroriga asosan egasiga qaytariladigan yoki tayinlanishi bo'yicha o'tkaziladigan summalar va boshqalar kiradi. Depozit summalar hukumat tomonidan belgilangan ma’lum muddat davomida bank muassasalarida byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlarida saqlanadi. Bu muddat tugagandan so'ng talab qilib olinmagan summalar tegishli byudjetning daromadiga o'tkaziladi.
Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobi. Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
Mablag'laming tarkibi va ulaming manbalari to'g'risidagi umum-lashtirilgan ma’lumotlar buxgalteriya balansida keltiriladi. Balansda ma’lum sanaga bo'lgan byudjet tashkilotining hamma mablag'lari va ulaming tashkil topish manbalari qayd qilinadi.


Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin