O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarning topshirilishi tartibi va nazorati



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə10/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi2

2.2. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarning topshirilishi tartibi va nazorati
UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari yoki byudjet mablag‘larini taqsimlovchiga taqdim etadi13.
Dasturiy majmua orqali elektron shaklda topshirilgan moliyaviy hisobotlar bir nusxada qog‘ozga chop etilib, hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotida belgilangan tartibda saqlanadi.
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlarni dasturiy majmua orqali vakolatli xodimlari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etadi.
Jamlanma moliyaviy hisobotlar byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan Standartning 138-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va saqlanadi.
Quyi tashkilotlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga elektron shaklda taqdim qilingan moliyaviy hisobotlar quyi turuvchi tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlari tashkilot rahbari hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi.
Moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda taqdim qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga qog‘oz shaklida imzolangan holda bir nusxada taqdim etadi.
Hisobotlar byudjet tashkilotlarining muhrlari hamda O’zbekiston Republikasi Byudjet hisobining 3-sonli standartining 138-bandida ko‘rsatilgan vakolatli shaxslarning imzolari qo‘yilmasa haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni Standartning 11-ilovasiga muvofiq belgilangan muddatlarda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etadilar.
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzib, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga elektron tarzda taqdim etadi14.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) byudjetlarida turuvchi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tegishli vazirlik va idoralarga, hokimiyatlar (bo‘linma) boshqarmalariga ular tomonidan o‘rnatilgan, biroq Standartda belgilangan muddatlardan kechikmasdan taqdim qiladi.
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to‘lanishi) yil davomida bir byudjetdan boshqasiga o‘tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o‘tkazilgan tashkilotlarda o‘tkazish sanasida moliyaviy hisobot (yillik hisobot shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi vazirlikka (idoraga) taqdim etiladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish uchun belgilangan muddat ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelganda, undan keyin keladigan birinchi ish kunida taqdim etiladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlar belgilangan muddatda topshirilmaganda, tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda yoki dasturiy majmua orqali elektron tarzda ogohlantirgan holda Davlat byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirishni (to‘lash) cheklashlari, zarur hollarda to‘xtatib qo‘yishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni elektron tarzda taqdim etuvchi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar hisobotlarni topshirish muddatidan kamida 5 kun oldin dasturiy majmua orqali ularni taqdim etish muddatlari yaqinlashgani hamda moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilmagan kundan boshlab to‘lovlarni amalga oshirishga avtomatik cheklovlar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Alohida hollarda, tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish imkoniyati cheklanganligi yoki ma’lum bir uzrli sabablar ko‘rsatilgan holda byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘larini oluvchi tashkilot rahbarining yozma ravishdagi murojaatiga asosan hisobotlarni topshirish muddati ko‘pi bilan 5 ish kuniga kechiktirilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlarda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi kerak. Hisobotlarda xatolar tuzatilganda tegishli qaydlar qilinadi (elektron protokollar yuritiladi), ularni hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlaydilar.
Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va tasdiqlashda mazkur moliyaviy hisobotlar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi lozim.
Byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar va byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladi, ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari o‘tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning o‘z tasarrufidagi tashkilotlarining yillik moliyaviy hisobotlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari moliyaviy hisobotlarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo‘lganda, o‘z e’tiroz va takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan xabar qiladi15.
Xulosa
Byudjet tashkiloti o’z vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag’ ajratishni nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan davlat tashkilotidir. Byudjet tashkilotlari davlat funktsiyalarini bajaruvchi, davlat tomonidan nazorat qilinadigan va davlat byudjetdigan moliyalashtiriladigan institutsional birliklar hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida majburiyatlar hisobi asosiy hisob ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik qarzlarni vujudga kelishini oldini olish maqsadida bir qator meyo’riy hujjatlar ishlab chiqmoqda. Bundan maqsad byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni hisobini to’g’ri yuritishdan iboratdir.
Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’rnatilgan tartibda hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil qilishning hozirgi holatini o’rganish va ularni takomillashtirish bo’yicha ilmiy takliflarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishini bajarishga qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, belgilangan vazifalarni bajarish natijasida quyidagi xulosaga ega bo’lindi:
Birinchidan, tashkilotga moddiy qiymatliklarini o’z vaqtida yetib kelishini ta’minlash maqsadida moddiy qiymatlarni olib kelish uchun ishonchlarni to’g’ri rasmiylashtirish, belgilangan kungacha amal qilishini nazorat qilish zarur.
Ikkinchidan, «O’zASBO» elektron dasturida ishlashni yaxshi o’zlashtirish. Bosh hisobchi buxgalteriya oid barcha ma’lumotlarni o’z vaqtida to’liq kiritish, ma’lumotlarni olish va ma’lumotlar aylanishini yaxshi o’zlashtirish kerak: Uchinchidan, tashkilotda o’tkazilgan yo’qlama natijalarini o’z vaqtida yuritish, kamomadaga aloqador bo’lgan aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undirish, agar undirish imkoni bo’lmasa boshqa chora-tadbir ko’rish va o’tkazilgan yo’qlama natijalarini buxgalteriya hisobida o’z vaqtida aks ettirish kerak.
To’rtinchidan, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlarni to’g’ri hisob-kitob qilish zarur:
Beshinchidan, rivojlantirish jamg’armasiga kelib tushgan mablag’larni avvalo tashkilotni mavjud majburiyatlarini to’lashga yo’naltirish zarur.
Oltinchidan, tashkilotning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’g’ri belgilashi kerak:
Yettinchidan, Rivojlantirish maxsus jamg’armasi hisob raqamiga mablag’lari tushirish uchun tashkilotning bo’sh turgan binolarni uch tomonlama shartnomaga asosan ijara berish kerak.
Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etib, ular yuridik va moliyaviy majburiyatlar g’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ro’yxatga olinishi, tovar (ish, xizmat) lar yetkazib berish bo’yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarida oldindan to’lov 15% miqdorida belgilanishi, tovar (ish, xizmat) lar yetkazib berish bo’yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSH dollari miqdoriga yaqin bo’lsa tanlov o’tkazilmasdan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzilishi, byudjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar tartibi va hisobini tashkil etishni tartibga soluvchi qonuniy me’yoriy va qonuniy hujjatlar mavjudligi, byudjet tashkilotlaring yuridik va moliyaviy majburiyatlari g’aznachilik bo’limlari tomonidan ro’yxatga olinishi va to’lab berilishi va boshqalar.
Yuqoridagilar asosida byudjet tashkiloti hisob tizimida amalga oshirilayotgan isloxatlar talablaridan kelib chiqib, mavjud debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar hisobini takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz quyidagi ntakliflarni berib o’tamiz:
Birinchidan, byudjet tashkilotida hisob siyosatini ishlab chiqish:
Ikkinchidan, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish:
Uchinchidan, «O’zASBO» elektron dasturida ishlashni yaxshi o’zlashtirish uchun tashkilotning barcha hisobchilarini dastur bo’yicha qayta o’qitish kerak:
To’rtinchidan, byudjet tashkilotlarida material qiymatliklarni hisobdan chiqarish bo’yicha alohida yo’riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash;
Beshinchidan, ta’mirlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag’lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Oltinchidan, byudjet tashkilotlarida ichki audit shtatini kiritish;
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish majburiyatlarini o’z vaqtida tugatilishi bo’yicha monitoring qilib borish, debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobini yuritishda mablag’lar manbaalari bo’yicha yuzaga keshini alohida buxgalteriya schetlarida aks ettirish, ya’ni schyotlar rejasida aniq belgilanib olinishi, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar amaldagi qonunchilik talablari darajasida tashkil etish va muddati o’tgan holatlarga kelishini oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish, ularni hujjatlarida to’g’ri aks ettirish bo’yicha hisob siyosatini belgilab olish, debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi bo’yicha asoslangan buxgalteriya axborotlarini shakllantirish va boshqalar.
Yuqoridagi keltirilgan takliflar nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo’lib, amalioyotda o’z yechimini topishi hamda qo’llanilishi byudjet tashkilotlarida majburiyatlar hisobini yaxshilash imkoniyatini va o’zining ijobiy samarasini beradi.



Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin