42
JAHON ADABIYOTSHUNOSLARI
ARASTU ( er.av.384-322) – qadimgi yunon faylasufi.
Deyarli
barcha sohaga, jumladan adabiyotga oid asarlar muallifi.O‘zining
“Poetika” asarida birinchi bo‘lib adabiyotni epos, lirika va drama kabi
turlarga ajratgan va har biriga xos xususiyatlarni ochib bergan. Ushbu
asar M.Mahmudov tomonidan ona tilimizga tarjima qilingan.
BAXTIN Mixail Mixaylovich (1895-1975)-
rus faylasufi va
adabiyotshunosi. F.Rable va F.M.Dostoyevskiy ijodi tadqiqotchisi.
“So‘z san’ati estetikasi”, “Dostoyevskiy ijodi masalalari” kabi asarlar
muallifi. Badiiy nutq poetikasi,
polifonik roman, xronotop - makon va
zamon ilmiy nazariyasi asoschisi. Ayrim ilmiy asarlari adabiyotshunos
U.Jo‘raqulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
BELINSKIY Vissarion Grigorevich(1811-1848)- rus faylasufi,
yozuvchisi va XIXasrning eng taniqli adabiy tanqidchilaridan biri.
Naturalizm yo‘nalishi nazariyotchisi, “Adabiy orzular”, “Rus
adabiyotiga nazar” kabi bir qancha ilmiy asarlar muallifi. “Adabiy
orzular” asari adabiyotshunos B.Qosimov tomonidan o‘zbek
tiliga
tarjima qilingan.
BERTELS Yevgeniy Eduardovich (1890-1957) – rus
eronshunos va navoiyshunos olimi. «Firdavsiy», «Navoiy va Attor»,
«Navoiy va Jomiy», «Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti», «Nizomiy»,
«Jomiy» kabi o‘nlab ilmiy asarlar muallifi. Fan tarixida birinchi bo‘lib
Yevropa olimlarining “Navoiy forsiy adabiyotning taqlidchisi” degan
metodologik xatosini o‘z ilmiy asarlari bilan isbotlagan. Deyarli
barcha asarlari tilshunos va adabiyotshunos olim I.Mirzaev tomonidan
o‘zbek tiliga o‘girilgan.
BOREV Yuriy Borisovich (1925)
- akademik, adabiy tanqidchi,
adabiyotshunos, tarjimon. «Akademik daftarlar» jurnalining bosh
muharriri.
Madaniyatshunoslik, semiotika, adabiyotshunoslik,
ritorika,
poetika, germenevtika bo‘yicha 500 dan ortiq ilmiy tadqiqotlar,
jumladan 52 ta monografiya muallifi. Uning ilmiy asarlari dunyoning
41 ta tiliga tarjima qilingan. 2002 yilda falsafiy-nazariy
muammolarni
qamrab olgan “Estetika”darsligi nashr qilingan.
BUALO Nikola (1636-1711) – fransuz shoiri va
adabiyotshunosi, klassisizm yo‘nalishi nazariyotchisi. Uning “Poetik
san’at” asari XVII-XVIII asr Yevropa adabiyotining estetik tafakkuri
va rivojida muhim rol o‘ynagan.