O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


HOZIRGI ADABIY JARAYONGA BIR NAZAR



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
АРМга янги электрон адабиётлар

HOZIRGI ADABIY JARAYONGA BIR NAZAR 
 
Adabiy tanqid: bugun va ertaga
1
Bahodir Karimov,
filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos olim 
 
Tanqidchining ishi oson emas. Bu yukni his qilish kerak. 
Ma’nisiz, tanqiddan tuban “asar”larni do‘ppini hidlab o‘qish, so‘ngra 
“yozg‘uvchi”ni savalash odamga xushkayfiyat bag‘ishlamaydi. San’at 
durdonalari haqidagi har qanday adabiy-tanqidiy maqola esa o‘sha 
badiiy asarlar bilan yonma-yon yashaydi. Tanqidchilik martabasi ko‘p 
hollarda badiiy asarning poetik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar 
odamni tafakkurga chorlaydigan, qalbga zavq, fikrga quvvat 
beradigan betakror, go‘zal va umrboqiy asarlar yozilmasa, adabiy 
tanqid harakatdan to‘xtaydi. 
Adabiy jarayon har doim o‘zining original tahlil usullariga, xos 
dunyoqarashi va uslubiga ega munaqqidlar so‘ziga muhtoj. 
Davradoshining yangi bosilgan kitobiga taqriz yozish, ora-orada 
uyushtiriladigan yubiley anjumanlarida umumchapakka jo‘r bo‘lish 
bilan munaqqid bu sohada o‘z qalbi va qiyofasini namoyon eta 
olmaydi. Munaqqidning talqinlari va tanqidlarini o‘qigan kitobxon 
badiiy asar sirini, jozibasini, mohiyatini, adabiy haqiqatni anglasin. 
Meningcha, ikki sababga ko‘ra adabiy jarayonda paydo 
bo‘layotgan asarlar e’tiborsiz qoladi. Birinchidan, yangicha badiiy 
tafakkur mahsulini tushunish va tushuntirishga munaqqidning idrok 
kuchi yetmasligi mumkin. Ikkinchidan, hikoya atalgan “voqeanoma”, 
she’r deyilgan “darak gap” hech kimga ta’sirsiz, hech qanday sirlarsiz, 
hammaga ma’lum, jo‘n, tanqid qilishga arzimaydigan narsalar bo‘ladi. 
Bugungi kunda tarozi pallasini shu ikkinchi sabab bosib ketgandek 
taassurot bor. Nasrda ramz va ibratdan ko‘ra quruq gapbozlik, oilaviy 
g‘iybat va g‘urbat mashmashalari, ko‘rpa-yostiq va qo‘ydi-chiqdi 
intrigalarning bayoni avj oldi. Nosirlarda nazariy bilim yetarli emas
syujet va kompozisiya takomilini rejalashtira olmaydi; ichki manera 
ustida bosh qotirmaydi, parallelizm va simmetriyaga ahamiyat 
bermaydi; detalga yuk yuklamaydi, badiiy nutqni ishlamaydi... 
1
www // ziyouz.uz 


56
She’riyatda esa “sen-men”sirash, obrazsizlik, ma’nisizlik, uslubsizlik, 
tilsizlik, tovushsizlik, rangsizlik, ayniqsa, o‘z yo‘liga ega iste’dodli 
shoirlarga taqlid kuchaydi. 
O‘quvchi badiiy asar egasining musohibi. Yozuvchi uchun 
yozganini birov o‘qimaganidan kattaroq fojea bo‘lishi mumkinmi? 
“O‘zim uchun yozaman”, degan kamtarlik ortida manmanlik bor. 
“Tanqidga e’tibor bermayman”, degan odamning gapi arazli. 
Mashhur fransuz munaqqidi Sharl Sent-Byov o‘z davrida: 
“Chinakam tanqidchi odamlardan o‘zib ketadi, jamoatchilik fikrini 
boshqaradi. Agar xaloyiq bo‘ronlar alg‘ov-dalg‘ovida adashib, to‘g‘ri 
yo‘ldan chalg‘igan bo‘lsa, munaqqid aslo o‘zini yo‘qotmasdan bor 
ovozi bilan “Ortga qaytmoq kerak”, deya qichqiradi”, deb yozgan edi. 
Bu gap qaysidir ma’noda hozir ham o‘z qimmatiga ega. Xuddi shu 
olim ma’naviy olam nafosati va ulug‘vorligini e’zozlagan holda 
adabiyotdagi merkantilistik kayfiyatlarni, ya’ni manfaatparastlik, 
foydaxo‘rlikni tanqid qiladi. Bu noxush kayfiyat egalari haqiqiy 
san’atkor va olimlarga davrdosh bo‘ladi, ammo oradan yillar o‘tishi 
bilan izsiz yo‘qoladi. Bu ham tarixning bir ibratli sabog‘idir. 
Birovdan eshitgan yoki har joydan “cho‘qib” o‘qiganlari 
asosida, ayniqsa, hozirgi internetlashuv zamonida ko‘rganlaridan 
ko‘chirib maqola yozish qiyin ish emas. Epik asar syujeti yoki voqeiy 
she’rlarni qayta gapirib berish bilan ham qog‘oz qoralash mumkin. 
Ammo asl adabiy tanqidiy maqola chinakam san’at asariga o‘xshab 
tug‘iladi. Uning o‘ziga xos uslubi, kompozision qurilishi bo‘ladi. 
Meningcha, bugun adabiy tanqid shakl va mazmun jihatidan 
yangilanishi kerak. Ushbu ilm sohasi o‘zining nazariy mezonlarini 
dunyo adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlarga 
uyg‘unlashtirishi lozim. Chunki jahon adabiyotshunosligida adabiy 
tanqidchilikning struktural va immanent analiz, semiotik
intertekstual, genetik, germenevtik, psixotanqid kabi turlari mavjud. 
Bunday usullar o‘rganilib, o‘zbekona adabiy-ilmiy tafakkur bilan 
sintezlashishi natijasida bizda ham yangi tanqid maydonga keladi. 
G‘arb adabiyotshunosligida badiiy asarga bir xildagi 
yondashuvlardan, jo‘n ijtimoiy talqinlardan, yaxshi va yomon, real va 
noreal, oq va qora tarzidagi atigi ikki sifatdan bezish oqibatida “yangi 
tanqid” paydo bo‘lgan edi. Zero, nazariy mezonlar maktablarga, 
maktablar shaxsiyatlarga, shaxsiyatlar muayyan millatlarga mansub. 
Shu ma’noda bizda ham kelajakda dunyo adabiyotshunosligiga o‘z 


57
ta’sirini o‘tkazadigan yuksak ilmiy saviyali olimlar va ularning 
individual maktablari paydo bo‘lishini orzu qilamiz. 
Adabiy tanqid jonlanishi uchun nazariy qarashlarni kuchaytirish 
barobarida bevosita amaliy ishlar ham zarur: birinchidan, oliy o‘quv 
yurtlarining filologiya fakultetlari magistratura bosqichida maxsus 
“Adabiy tanqid nazariyasi” yo‘nalishini ochish va unga iste’dodli 
yoshlarni o‘qishga qabul qilish kerak. Mutaxassis shakllanadi, ilm 
oladi. Bu faoliyat turini adabiy to‘garaklar doirasida hal qilib 
bo‘lmaydi; ikkinchidan, adabiy tanqidga doir maxsus jurnalga zarurat 
bor; uchinchidan, nufuzli jurnallar va nashriyotlarda bosilayotgan 
badiiy asarlarni ichki taqriz orqali mutaxassis nazaridan o‘tkazish 
nizomlarini ishlab chiqish lozim. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin