Demak bu Extech 200 lazer masofa o’lchagichidan faqat masofa o’lchashda emas balki maydonning hajmini va burchaklarini o’lchash ishlarida ham foydalanishimiz mumkin.
– shakl. Extech DT 200 masofa o’lchagichining tashqi strukturasi.
Bundan ko’rinadiki masofa o’lchagich tashqi ko’rinishi jihatdan 5 ta asosiy qismdan iborat.
1.1.4-shakl. Extech DT 200 qurilmasining ichki strukturasi.
Batareya belgisi, ekranda paydo bo’lsa batareyani almashtirish yoki quvvatlang. Silindrik adilakdagi pufakcha markazlashtrilgach o’lchash ishlarini boshlash talab qilinadi aks holda nosozliklar yuz berishi mumkin: noto’g’ri o’lchovlar, quvvatni sarflash, ortiqcha masofa berish kabi xotoliklar.
Extech DT 200 masofa o’lchagichida masofa o’lchash uchun KAMB tugmasi bosiladi. Avtomatik tarzda navbatdagi o’lchovni bekor qilish uchun off tugmasi bosiladi.
O’lchov birligini o’zgartirish uchun UNIT tugmasi ushlab “ft”, “dyum” va “metr” birliklaridan birini tanlash mumkin bo’ladi. Masofani aniqlash jarayonida yozuvlar yuqori tabloga chiqadi va navbat bilan qo’shib boriladi.
Bundan tashqari masofa o’lchagichda TOP rejimi ham mavjud bo’lib, bu rejim, uzoq maofani o’lchash imkonini beradi. Pastki rejim, yopiq hududni s’yomka qilishda qo’llaniladi.
1.1.5-shakl. Yakka tartibda masofa o’lchash.
Masofani kiritish uchun KAMB tugmasini bosish orqali erishiladi, natijada displeyda pointer paydo bo’ladi va masofa kiritiladi.
Kiritilgan masofani qurilma o’qishi uchun yana KAMB tugmasi bosiladi Reading 60 soniya davomida ekranda qoladi. Masofa o’lchash asboblari qatorini yanada kengaytirgan holda bularga dalnomerlarni kiritishimiz mumkin.