O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat


Ixcham lazerli ultrotovush dalnomerlari



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə7/8
tarix10.03.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#87224
1   2   3   4   5   6   7   8
Yusupov Yusufbekning kurs ishi loyihasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Ixcham lazerli ultrotovush dalnomerlari


So’ngi davrda geodezik masofa o’lchash asboblari tarzida ixcham lazerli va ultrotovushli dalnomerlar qo’llanilmoqda.
Ixcham lazerli ruletkalar ob’yetgacha bo’lgan masofani tez va aniq o’lchash imkonini beradi. Hajman kichikligi tufayli bunday dalnomerlar “lazerli ruletka” deb nomlashadi.
Zamonaviy lazerli ruletkalar 0.05 m dan 300 metrgacha bo’lgan masofani 1mm dan 105 mm gacha bo’lgan aniqlikda o’lchash imkoniyatiga egadir.
Ular yordamida masofa uzunligini o’lchash bilan birga, ob’yekt yuzasi, hajmi aniqlanishi va natijalar Blutooth orqali kompyuterga uzatilishi mumkin.
Geodezik asbob ishlab chiqaruvchi ko’pgina chet el korxonalari bozorga o’z ruletkalarini taklif etgan.
Quyida ushbu ruletkalarning asosiy ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib ular yordamida eng yaxshi ruletkalarni aniqlash mumkin.



2.2.1-shakl. Ixcham lazerli dalnomerlar
Dalnomerlarni ishlab chiqarish bo’yicha quyidagi davlatlar yetakchi hisoblanadi: bularga AQSH, Germaniya, Rossiya, Shvetsiya, Angliya va Yaponiya kabi yirik davlatlarni kiritishimiz mumkin.
Lazerli ruletkalarning ko’rsatgichlari



Markasi

O’lchanadigan masofa oralig’i

O’lchash aniqligi

Xususiyati

Leica Disto D1

0,2-40 m

±2,0mm

Bluetooth®
Smart

Leica Disto D110

60 m

1,5mm

Bluetooth

Leica Disto D2

60 metr

±1,5 mm




Leica Disto D2 NEW

100 metr

±1,5mm

Bluetooth ®
Smart

DISTO D3A S

100 metr

±1,5mm




Leica Disto D510

0,05-200 m

±1,5mm

Apple Android

Leica Disto D410

0,05-150 m

±1,5mm

Video qidiruv
Moslamasi

Leica Disto D810

200m

±1,5mm




Leica Disto S910

300m

±1,5mm

DXF

BOSCH DLE 40

0,05-40

±1,5mm




BOSCH GLM50

0,3-30m

±1,5mm




BOSCH GLM 50S

50m

±1,5mm




Bosch DLE 70
Professional

0.05-70m

±1,5mm




BOSCH GLM
100S PROFESSIONAL

100m

±1,5mm




BOSCH GLM
150 VF

0,05-150m

±1,5mm




Bosch GLM 250 VF Professeonal

0,05-250

±1mm






Ultrotovushli ruletka sodda va arzon masofa o’lchash asbobi bo’lib, kundalik turli sohalarda keng qo’llanilmoqda.
Bugungi kunda lazer dalnomerlar yordamida joyning burchak qiymatlarini ham aniqlash mumkin (2.2.3-shakl).

2.2.3-shakl. Lazerli ruletka yordamida burchak o’lchash jarayoni
Barcha turdagi elektromagnit dalnomerlarining ishlash prinspi deyarli bir xil hisoblanadi. Masalan: ultrotovushli ruletka ushbu asbobda tovush uzatish-tarqatish qurilmasi va predmetdan qaytgan tovushni qabul qilish moslamasi bor.

2.2.4-shakl. Lazerli ruletka yordamida masofa o’lchash jarayoni
Tovush to’plamini predmetga aniq yo’naltirish uchun lazerli ko’rsatgichga ega modellar ham ishlab chiqarilgan. Ultrotovushli ruletka yordamida ob’yektgacha masofa, yuza qiymatlarini aniqlash mumkin. Demak barcha turdagi elektromagnit dalnomerlarda ishlash printspi deyarli bir xil bo’lib unda masofa lazer nurining ob’yektga borib qaytishigacha bo’lgan vaqtni aniqlashga asoslangan.

2.2.5-shakl. Lazerli ultrotovush dalnomerlarining turlari


XULOSA


Geodeziya fani yer o’lchash va tuzish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’lib bugungi kunda bu fanning ko’plab sohalar bilan aloqasi mavjud.
Geodezik ishlar sanoat va uy-joy qurilishi, yo’l qurish va ko’plab inshoatlarni barpo etishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Men loyihalayotgan mavzudagi geodezik asboblarda ham yer tuzish va o’lchash maqsadlarida ishlatiladi, bu esa masofa o’lchash ishlari oson va sifatli bo’lishini ta’minlaydi.
Men ushbu loyihani ishlash jarayonida ko’plab adabiyotlarni o’rganib tahlil qildim va bu mavzu bo’yicha olgan bilimlarimni yanada umumlashtirdim.
Bugungi kundagi ko’plab masofa o’lchash jarayonida ishlatiladigan zamonaviy geodezik asboblarni tuzilishi, ishlash prinspi va bir-biridan avzallik jihatlarini o’rgandim va tahlil qildim. Mening bu “Zamonaviy elektron dalnomerlar” mavzusida qilgan kurs ishi loyihamda, zamonaviy elektron dalnomerlarni turlarini, qanday maqsadlarda ishlatilishi, qaysi mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va ularni geodezik ishlarda keng qo’llanilishini bilib oldim. Zamonaviy elektron dalnomerlarning afzal jihati shunda ekanki, ularda masofa o’lchash oson, yonimizda olib yurish qulay ekan. Men bu kurs loyihamda bilmagan ko’plab yangi ma’lumotlarga ega bo’ldim va ular bilan tanishib chiqdim. Zamonaviy elektron dalnomerlar zamonaviyligi, ish unumdorligi yuqoriligi va eng asosiysi foydalanish uchun qulayligi bilan menga yoqdi. Men bu bilan dalnomerlarni geodeziya sohasida juda kerakli va foydali masofa o’lchash asbobi ekanligini bilib oldim.
Meni bu kurs loyiham geodeziya fani haqida ko’plab qiziqishlar uyg’otdi. Geodeziyaga faniga bo’lgan tasurotlarim kengaydi. Geodeziya juda ko’plab sohalarda kerakligini bilib oldim. Geodezik asboblar (dalnomerlar) yerni tuzishda, yerni o’lchash va loyihalashda hamda harbiy sohalarda masofa o’lchashda keng qo’llanilishini bilib oldim.
Geodeziya fani xalq manfaatlarini ko’zlab, xalq xo’jaligini rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Buning natijasi sifatida oddiy bir misolni kiritishimiz mumkin ya’ni masofa o’lchashda ishlatiladiga optik, elektron va lazer dalnomerlari ham ko’pgina harbiy apiratsiyalarni bajarishda masofani aniq, tez va oson o’lchovchi geodezik asbob sifatida ishlatilmoqda.
Bu misollar natijasida shuni ko’rishimiz mumkinki geodeziya fani bugungi kundagi xalq manfaatlari uchun hizmat qilayotgan asosiy fanlardan hisoblanadi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin