O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə3/8
tarix10.03.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#87224
1   2   3   4   5   6   7   8
Yusupov Yusufbekning kurs ishi loyihasi

BOB. MASOFA O`LCHASHNI MOHIYATI VA USULLARI



    1. Masofani bevosita hamda bilvosita o`lchash


Joyda masofa uzunligini bevosita (to’g’ridan–to’g’ri) va bilvosita (vositali) usulda o’lchash mumkin. Bevosita o’lchash usulida masofa o’lchov asbobi bilan to’g’ridan-to’g’ri, uzunligi aniqlanadi.
Bilvosita o’lchash usulida masofa uzunligini o’lchov asbobi yordamida to’g’ridan-to’g’ri o’lchamasdan biror boshqa bevosita o’lchash natijalaridan foydalanib matematik formulalar asosida hisoblab topiladi. Bunday usulga misol tarzida masofa o’lchashning parallellik usulini ko’rishimiz mumkin.
Bajarilayotgan geodezik ishning turi va maqsadiga qarab, o’lchash sharoiti va aniqlik talabiga qarab joydagi masofa uzunligini o’lchashda u yoki bu usul qo’llaniladi.
Masofani bevosita o’lchash asboblari, masofani bu usulda o’lchash uchun po’lat lenta, po’lat yoki yumshoq material (fiberglas) dan tasmali ruletka va invar1 simdan foydalaniladi. Po’latdan yasalgan o’lchov asboblari yordamida masofani 1:1000 -1:2000 aniqlikda, invardan yasalgan asboblar yordamida 1:25000-1000000 aniqlikda o’lchash mukin. Masofa o’lchash amaliyotida ko’proq LZ markali po’lat lenta va TP markali po’lat ruletkalardan foydalaniladi.
Po’lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 54 m qalinligi 0,3-0,5 va eni 15-20 mm bo’lgan po’lat lentadan iborat. Po’lat lentalar shtrixli (1.1.1-a shakl) yoki (1.1.1-b shakl) shkalali bo’ladi.
Har bir po’lat lentaning 6 yoki 11 ta shpilkasi bo’ladi. Lentaning har bir metri tugunchalar bilan,yarim metrli bo’laklari chegaralar bilan, detsimetrlari esa teshikchalar bilan belgilangan.
Lentaning ikki uchida dastasi bor, lentaning ikkala tomoni chiziqchalar bilan 20 teng qisimga bo’lib, 0 dan 20 gacha raqamlar bilan ko’rsatilgan.
Ularning bir tomoniga raqamlar to’g’ri yo’nalishda, ikkinchi tomonidagi raqamlar esa unga qarama – qarshi yo’nalishda yozilgan. Shkalali lentaning ikkala uchida millimetrlarga bo’lingan shkalasi bor.
Shkalali lenta masofani aniqroq o’lchashda ishlatiladi. Po’lat lentani olib yurish oson bo’lishi uchun uni temir halqa ustiga o’ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi. Bundan tashqari masofa o’lchash aboblariga quyidagilar ham kiradi ruletkalar, doyraviy eklimetr, dalnomerlar va hozirgi kundagi zamonaviy ya’ni Extech DT 200 lazer masofa o’lchagichlari.





1X.Muborakov, S.Axmedov. “Geodeziya va kartografiya” Toshkent “O’qituvchi” 2002-yil


      1. –shakl. Po’lat tasmalar a) shtrixli, b) shkalali, d) po’lat tasma shpilkalari,

e) tasma o’rami.
Ruletkalar uzunligi 10, 20, 50 va 100 m keladigan tasma yoki po’lat letadan iborat bo’ladi va dasta yordamida dumaloq shakldagi quti ichiga o’raladi, ruletkaning letasi chiziqlar bilan metr, santimetr va millimetrlarga bo’lingan. Tasmali ruletka har gal ishlatilganidan so’ng quritilishi kerak, aks holda o’lchashi o’zgarishi va tezda uzilishi mumkin. Po’lat lentali ruletka esa ishlatilgandan keyin zanglamasligi uchun artib moylab qo’yiladi.
Masofani juda aniq o’lchashda invar lenta va po’lat yoki invar sim ishlatiladi. Bularga qo’shimcha sifatida bugungi kundagi zamonaviy o’lchash asboblaridan biri bo’lgan Extech 200 lazer masofa o’lchagichini misol qilishimiz mumkin.
Quyida bu masofa o’lchash asbobining tuzilishi va undan foydalanish shartlari

      1. – shaklda keltirilgan bo’lib bular yordamida biz asbobni qanday ishlatish kerakligini bilib olamiz.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin