Mavzuning maqsadi va vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish borasidagi nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora – tadbirlari to’g’risidagi” PF-5065 sonli farmoni va “O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi foliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3024 sonli qarorini amalda tadbiq etish uchun “Geodeziya va Kartografiya” sohasidagi mutaxassislar tomonidan katta hajmdagi ishlarni bajarish talab qilinadi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun - injenerlik inshootlarini qidirishda, loyihalashda, qurish va foydalanishda, uskunalarni montajlashda, hamda mamlakatning tabiiy boyliklarini qazishida bajariladigan geodezik ishlarning usullarini yaratish, shuningdek, xalq xo`jaligidagi turli sohalarda, ya’ni bino, yo`l, kanal, aerodrom kabi injenerlik inshootlari o`rnini aniqlash, ularni plan, karta va profillarda loyihalash, loyihani joyga ko`chirish va qurish, hamda ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni kuzatishda loyiha – qidiruv jarayonlarida avtomatlashtirilgan tizimlari orqali loyihalash (ATL), avtomatlashtirilgan tizimlari orqali qurilishni boshqarish (ATQB), GIS texnologiyalari va boshqa yuqori unumdorlik uslublarini qo`llash zarur. Hozirgi davr injener-geodezik ishlari amaliy va nazariy bilimlarni chuqur biladigan, inshootlarni loyihalash va qurish bo`yicha umumiy bilimga ega bo`lgan keng sohadagi mutahasisni talab etadi. Mutahasis berilgan turdagi inshoot uchun o`lchash aniqliklarini to`g`ri hisoblay olishi, asoslangan geodezik ishlar loyihasini tuzishi va bu ishlarni amalda bevosita qo`llay olishi kerak. Endi men ushbu “Zamonaviy elektron dalnomer va ularda chiziq o’lchash” mavzusi bo’yicha kurs loyihasini tayyorlashda shu kungacha olgan bilimlarimdan foydalanib mazvuni chuqurroq ochib berishga harakat qilmoqchiman.