2.Xizmat sifatini farqlanishi modeli Nisbiy sifat. Iste’molchiga mo‘ljal olib tuzilgan sifatning umumiy strategiyasida muhim o‘rin tutuvchi «nisbiy sifat» tushunchasi mehmondo‘stlik korxonalari faoliyatini har tomonlama baholash imkonini beruvchi «xizmatning sifati» tushunchasiga yaqin turadi. Bozorning tobora ortib borayotgan oshkoraligi korxonaga o‘z xizmatlar to‘plamini raqiblarining takliflariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri solishtirish imkonini beradi. «Nisbiy sifat» tushunchasi shundan kelib chiqadi. U: - o‘z xizmatlarini eng kuchli raqiblarning xizmatlariga solishtirish;
- o‘z xizmatlariga iste’molchi nuqtai nazaridan baho berish;
- korxonadagi narx-navo tuzilishiga bog‘liq bo‘lmaslik;
- nafaqat moddiy xizmatlar sohasini, balki nomoddiy xizmatlarni, shu jumladan xodimlarning xulq-atvorini qamrab olish imkonini beradi.
Xizmatlarning nisbiy sifatini aniqlash korxonaning obro‘sini mustahkamlaydi, bozorda muayyan mavqeni egallash va uni saqlab qolish imkonini beradi. Nisbiy sifatni aniqlash uslubikasi ikki bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich. Muayyan xizmatlarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga olib keluvchi, iste’molchi nuqtai nazaridan eng muhim mezonlarni (5-10) ajratish lozim. Bunda narxlar hisobga olinmasligi kerak. Ajratilgan mezonlarning muhimligini iste’molchi bilan bevosita aloqa qiluvchi va bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan xodimlar fikri bilan muvofiqlashtirish zarur.
I kkinchi bosqich. Mezonlarga 5-10 balli shkala bo‘yicha baho berish va eng muhim raqib korxonalardagi shunday mezonlarga qo‘yilgan baholarga solishtirish. Korxonalar qancha ko‘p bo‘lsa, nisbiy sifat mezonlari shuncha aniq bo‘ladi. Olingan natijalarni grafik ko‘rinishida aks ettirgan ma’qul. SHunda o‘ziga xos sifat profili hosil bo‘ladi.
Mehmonxona xizmatlarining nisbiy sifati profili: a-joylashgan o‘rni; b-ovqatlantirish sifati; v-xavfsizlik; g-xodimlarning kasbiy layoqati darajasi; d-qo‘shimcha xizmatlar taklifi; e-nomerlar, hojatxona, dushdagi tozalik; j-xodimlarning xushmuomalaligi va iltifotliligi; z-televizor, video, audio apparaturaning ishlashi; i-osoyishtalik va qo‘shnilarning xulq-atvori; k-nomerdagi mebel.