O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


 Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
bmi8

4. Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida 
adsorbent ishlab chiqarish uchun sarflanadigan asosiy xom-ashyo materiallari 
miqdori 
Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gili asosida korxona sharoitida 1 tonna 
aktivlashtirilgan adsorbent ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy xom-ashyo materiallari 
sarfi quyidagicha:


- Navbahor koni ishqoriy-yer bentoniti – 1200-1250 kg; 
- Xlorid kislota -250-300 kg yoki Sulfat kislota- 250-280kg; 
- Ohaktosh-80-100 kg; 
- Texnik suv- 2500-3000 litr; 
- Tabiiy gaz- 70-80 m3; 
- Elektr energiya-280-300 kvt. 
5. Navbahor koni ishqoriy bentonitli gilidan termik aktivlashtirish usulida 
adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 
Bentonitni qazib olish (ekskavator) 
↓ 
Tashish (yuk avtomobili) 
↓ 
Saqlash (xom-ashyo ombori) 
↓ 
Telfer 
↓ 
Dag’al maydalash (strugach yoki bolg’ali maydalagich) 
↓ 
Tasmali uzatgich 
↓ 
Elevator 
↓ 
O’choq → ventilyator → Quritish 
(400-500 
0
C li issiq havo) (quritish barabani, 190-210
0
C da) 
↓ 
Elevator 
↓ 
Mayin tuyish (sharli tegirmon, № 0056 elakdagi qoldiq 0.5-25%) 
↓ 
Tasmali uzatgich 
↓ 
Qoplarga qadoqlash (qadoqlash uskunasi) 
↓ 
Tasmali uzatgich
↓ 
Tayyor mahsulot ombori 
 
 


 
 
6Navbahor koni ishqoriy bentonitli gilidan termik aktivlashtirish usulida 
adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi yozuvi 
Navbahor koni ishqoriy bentonitidan ishlab chiqarish sharoitida adsorbent olish 
uchun Navbahor bentonit konining geologik xaritasiga tayanib, selektiv tanlash yo’li bilan 
ekskavator yordamida qazib olingan Navbahor ishqoriy bentoniti yuk avtomobillari 
yordamida xom-ashyo omboriga keltiriladi va ma’lum vaqt davomida tabiiy ravishda 
quritiladi. U erda bentonit xom-ashyosining bir oyga etadigan zahirasi saqlanadi. 
Navbahor koni ishqoriy bentoniti ishlov berish uchun telfer yordamida strugach yoki 
bolg’ali maydalagichga beriladi. U erda dag’al maydalangan bentonit, dastlab tasmali 
uzatgichga beriladi, so’ngra esa elevator yordamida quritish barabaniga solinadi. 
Navbahor ishqoriy bentoniti quritish barabanida tanlab olingan maqbul sharoitda ya’ni 
190-210
0
C temperaturada 2 soat davomida quritiladi. Qurituvchi sifatida tabiiy gaz 
yordamida qizdiriladigan o’choqdagi temperaturasi 400-500 
0
C bo’lgan issiq havo 
ventilyator yordamida quritish barabaniga puflab beriladi.
Barabanli quritgichdan chiqqan temperaturasi 80-90
0
C bo’lgan bentonit, № 0056 
elakda qoladigan qoldiq miqdori 0.5-25 % oralig’ida bo’lguncha, taxminan 6-8 soat 
davomida sharli tegirmonda mayin tuyiladi.Kerakli darajagacha mayin tuyilgan bentonit 
tasmali uzatgich orqali qadoqlash uskunasiga kelib tushadi. U erda oldin tortib olinadi va 
so’ngra sig’imi 25 va 50 kg bo’lgan qog’oz yoki polietilen qoplarga joylab qadoqlanadi. 
So’ngra mahsulot qadoqlangan qoplar tasmali uzatgich orqali tayyor mahsulot omboriga 
uzatiladi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin