O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
bmi8

NIEB-KA
 
- Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitini kislotali usulda aktivlashtirib 
olingan adsorbent; 
NIB-TA - Navbahor koni ishqoriy bentonitini termik aktivlashtirib olingan 
adsorbent. 
2. Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida
adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 
Bentonitni qazib olish (ekskavator) 
↓ 
Tashish (yuk avtomobili) 
↓ 
Saqlash (xom-ashyo ombori) 
↓ 
Telfer 
↓ 
Dag’al maydalash (strugach yoki bolg’ali maydalagich) 
↓ 
Tasmali uzatgich 
↓ 
Mayin maydalash (dezintegrator) 
↓ 
Tasmali uzatgich 
↓ 
Suv → Suspenziya tayyorlash
(parrakli aralashtirgichli xovuz) 
↓ ↓ 
→kislotali eritma, Xlorid yoki sulfat kislota← 
↑ ↓ 
Kislotali aktivlashtirish (95-100
0
C )← o’tkir bug’


( Sovutgichli (deflegmator) 
kislotabardosh futerovkali hovuz) 
↓ 
Suspenziyani uzatish (membranali nasos) 
↓ 
Filtrlash (filtr press) → kislotali eritmani
(matochno’y rastvor) stiklga qaytarish↑ 
↓↑ 
Korjalarni qayta yuvish 
(parrakli aralashtirgichli xovuz) 
↓ 
kanalizastiya ←neytralizastiyalash← Ca(OH)

↓ 
Tasmali uzatgich 
↓ 
O’choq → ventilyator → Quritish 
(400-500 
0
C li issiq havo) (quritish barabani, 190-210
0
C da) 
↓ 
Elevator 
↓ 
Mayin tuyish (sharli tegirmon, № 0056 elakdagi qoldiq 0.5-25% ) 
↓ 
Tasmali uzatgich 
↓ 
Qoplarga qadoqlash (qadoqlash uskunasi) 
↓ 
Tasmali uzatgich
↓ 
Tayyor mahsulot ombori
3. Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida 
adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi yozuvi 
Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitidan ishlab chiqarish sharoitida adsorbent olish 
uchun Navbahor bentonit konining geologik xaritasiga tayanib, selektiv tanlash yo’li bilan 
ekskavator yordamida qazib olingan Navbahor ishqoriy-yer bentoniti yuk avtomobillari 
yordamida xom-ashyo omboriga keltiriladi. U yerda bentonit xom-ashyosining bir oyga 
etadigan zahirasi saqlanadi. 
Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitiga ishlov berish uchun telfer yordamida strugach 
yoki bolg’ali maydalagichga beriladi. U yerda dag’al maydalangan bentonit yana mayin 
maydalash uchun dezintegratorga beriladi. 


So’ngra dastlab tasmali uzatgich orqali suv bilan suspenziya tayyorlash uchun 
parrakli aralashtirgichli hovuzga beriladi, undan keyin esa xlorid yoki sulfat kislota 
yordamida tanlab olingan maqbul sharoitlarda kislotali aktivlashtirish olib borish uchun 
kislotabadosh futerovka bilan qoplangan hovuzga beriladi. U yerga 95-100
0
C gacha 
qizdirish uchun o’tkir suv bug’i beriladi yoki hovuzga qizdirgich (ten) o’rnatiladi. Kislotali 
aktivlashtirish tugatilgandan keyin, nordon suspenziya membranali nasos orqali filtr 
pressga beriladi. Undan chiqqan filtrat - kilotali eritma (matochno’y rastvor) yana stiklga 
qaytariladi. Filtr- pressdan chiqqan korjalar esa qayta yuvish uchun yana parrakli 
aralashtirgichli hovuzga tushiriladi va parrakli aralashtirgich yordamida suspenziya hosil 
qilinib, yana membranali nasos orqali filtr- pressga beriladi. Undan chiqqan kislotali suv 
neytralizastiyalash hovuziga berilib, Ca(OH)
2
bilan neytrallanadi va kanalizastiyaga 
chiqarib yuboriladi. Bu stikl toki filtratda vodorod ionlari yo’qolib, neytral muhit hosil 
bo’lguncha bir-necha marotaba takrorlanadi. 
Shundan keyin esa korjalar tasmali uzatgichga, so’ngra esa elevator yordamida 
quritish barabaniga beriladi. Navbahor ishqoriy-yer bentoniti quritish barabanida tanlab 
olingan maqbul sharoit ya’ni 190-210
0
C temperaturada 2 soat davomida quritiladi. 
Qurituvchi sifatida tabiiy gaz yordamida qizdiriladigan o’choqdagi temperaturasi 400-500 
0
C bo’lgan issiq havo ventilyator yordamida quritish barabaniga puflab beriladi.
Barabanli quritgichdan chiqqan temperaturasi 80-90
0
C bo’lgan bentonit, № 0056 
elakda qoladigan qoldiq miqdori 25 % dan kichik bo’lguncha taxminan 6-8 soat 
davomida sharli tegirmonda mayin tuyiladi. Kerakli darajagacha mayin tuyilgan bentonit 
tasmali uzatgich orqali qadoqlash uskunasiga kelib tushadi. U erda oldin tortib olinadi va, 
so’ngra sig’imi 25 va 50 kg bo’lgan qog’oz yoki polietilen qoplarga joylab qadoqlanadi. 
So’ngra mahsulot qadoqlangan qoplar tasmli uzatgich orqali tayyor mahsulot omboriga 
uzatiladi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin