Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyatini o’rganish.
Kurs ishi vazifasi: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining sifatlarini o’rganish va ko’nikma hosil qilish.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining ish hujjatlarini o’rganish.
- Tarbiyachilarning markazlar orqali mashgulot o’tish jarayonlarini o’rganish.
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachining pedagogik va kasbiy mahoratini o’rganish.
Kurs ishi obyekti:Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining ta’limiy va tarbiyaviy faoliyati
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining faoliyati, metod va vositalari
Kurs ishi metodi: Kuzatish, ma’lumotlar tahlili, adabiyotlar bilan ishlash, suhbat.
Kurs ishi tuzilishi:Mazkur kurs ishida kirish, ikki bob, besh bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.
I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING TARBIYACHI VA ULARNING FAOLIYATI 1.1.Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rni, tarbiyachi kasbi va imidji Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar.
Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik munosabati bilan va tarbiyachilarning ma’naviy o‘sishlariga va moddiy ahamiyat berilmoqda. Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktyabrni murabbiylar kuni deb nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarining maoshlari oshirilib, turmushlari yaxshilanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov o‘zining “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida shunday yozadi:
“Tarbiyachi — ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gresiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak.
Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak.