Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro‘zg‘or tutish masalalari xususida ham so‘z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota – ona tarbiyachi bo‘lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo‘lish, unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o‘zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug‘bekning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o‘qimishli ota – onalar o‘z farzandlarining haqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Tarbiyachining mahoratini to‘la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning birligi, izchilligini ta’minlash lozim. Chunki ularning birini o‘zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada pedagogik mahorat to‘laqonli mazmunga ega bo‘lmay, uni egallash qiyin bo‘lib qolishi mumkin. Tarbiyachilar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiyofasiga ham e’tibor berishi lozim.
Tashqi qiyofa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jarayonini samaradorligini oshiradi.