O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə6/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3CHI MAVZU

7.Pantomimika- qo‘l, oyoq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar.
Pantomimika – bu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. Tarbiyachi mashg‘ulotda o‘quv ma’lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chizadi, bolalar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, ularning tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun borliq ma’lumotlar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarga keltirish tarbiyachining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini anglatadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, tarbiyachi bolalar oldida o‘zini tuta bilsa, harakatlarini tartibga keltira olsa, o‘quv-tarbiya jarayoni samarali bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida oyoqlar 12-15 sm. oraliqda bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish bu tarbiyachining o‘z fanini mukammal bilishi, uni tushuntira olishiga ishoradir.
Tarbiyachining ishoralari ma’noli bo‘lib, u ortiqcha harakatlardan xoli bo‘lmog‘i darkor. Masalan, keraksiz hollarda qo‘llari bilan imo-ishoralar qilish, boshini uyoq-bu yoqqa tashlash, oyoqlarini kerib o‘tirish va h.k. Bunday holatlar bolalarning g‘ashini keltiradi va o‘quv faniga, tarbiyachiga nisbatan hurmatsizlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.Tarbiyachi guruhda yurgan paytida faqat oldin va orqaga qarab yurishi tavsiya etiladi. Chunki, agar u yon tomonlarga, ya’ni, u yondan, bu yonga yursa bolalar fikri bo‘linadi va ular tez charchab qoladilar. Old tomonga yurayotganida, tarbiyachi eng muhim voqealarni bayon qilishi lozim, chunki bunda bolalar tarbiyachini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo‘ladilar. Yuzi bolalarga teskari holda yurayotganda uncha ahamiyatga molik bo‘lmagan fikrlarni aytish, dalillar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bu vaqtda bolalar bir oz erkin holatda o‘zlarini his qilayotgan bo‘ladilar.
8.O‘z hissiyotini boshqara olish malakasi. tarbiyachi pedagogik texnikasi tizimida o‘z hatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashqari paytlarda, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, U o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin». Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘z hatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim:
- hayrixohlik va optimizm ruhida bo‘lish;
- o‘z xulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish);
- faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy
daqiqalarni yaratish;
- o‘z - o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va h. k.
Shunday qilib, tarbiyachi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika
ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi.
Ta’kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar tarbiyachining ijtimoiy – gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarini boyitadi pedagogik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda mas’uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.
Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya
qilish, balki o‘ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi. Pedagogning ijobiy qiyofasi va jozibasi, o‘quvchilarga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazadi hamda ta’lim samaradorligini oshiradi.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin