O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə5/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3CHI MAVZU

Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati
1. Gavdani tutish-to‘g‘ri tutish(yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning rahbar va xodimi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi.
2. Kiyim- ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, rangining mos holda tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi.
3. Pardozning me’yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosligi.
4. Soch turmagi (sochning ma’lum bir tartibliligi).
5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, tarbiyachining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo‘ladi va ular tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, bolalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayyorlab beradi.
6.Mimika-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlayotgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika- bu o‘z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiyotini tinglovchi bajarayotgan ishdan roziligi yoki noroziligini bildirish maqsadida yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi bolalarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish uchun imkon yaratadi. Bola pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «o‘qib» oladilar.
Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatadi. Mimik ifodalar bolaning o‘quv kayfiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimika belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga xos ta’sirini ko‘rsata bilishi talab etiladi. Bu o‘quv - tarbiya topshiriqlarini yechish bolalar ta’limi va tarbiyasiga ijobiy yo‘nalish bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim.
Yuz ifodasi, esa o‘z navbatida nutq va munosabat xarakteriga mos bo‘lishi kerak. U ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarda ifodalanishi mumkin. Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qayd qilinganidek qosh, ko‘z, yuz ko‘rinishi va muskullari ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, yuz bolalar javobidan qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish yoki e’tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo‘lish va boshqa belgilarni ifodalasa, ta’lim oluvchilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga xalaqit bermasdan ta’lim - tarbiya ishlarini olib borish muvaffaqiyatli kechadi. Shuni ham alohida e’tirof etish joizki, mimik ifodalar namoyish qilinayotgan paytda tarbiyachining nigohi bolalarga, qaratilgan bo‘lishi zarur. Doskaga, eshikka, derazaga, ko‘rgazma qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin