Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya berilish jarayonida bolalarga e’tibor, mehr qolaversa tarbiyachi o’z qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda bolalarga bilm, malaka, ko’nikma berib borishi lozim. Maktabgacha ta’limda bolalar ilk yoshdan boshlab barcha bilish jarayonlari sezgi, idrok, xotira, tafakkur, rivojlanib boradi. Bu bilan bir qatorda bolada estetik, aqliy, axloqiy, jismoniy, va mehnat tarbiyasi ham rivojlanadi. Hozirgi kunda boshqa chet davlatlarda faqat ta’limga etibor qaratilgan bo’lsa, bizda O’zbekistonda ta’lim va tarbiyaga etibor berilgan. Shu sababli ham O’zbekistonda maktabgacha ta’limn tashkiloti tarbiyachisi bo’yicha ko’plab qarorlar ishlab chiqilmoqda, zero yosh avlod kelajagimiz poydevoridir. O’tgan asrlarda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz ham tarbiyachi haqida ko’plab fikrlarini bayon etishgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyati borasida gap ketganda uning pedagogik mahorati va qobilyati, o’z kasbining ustasi va tashqi ko’rinishi, nutq madaniyati va boshqa tushunchalar to’plami misol bo’ladi. Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma'lum bir kasbga yo'naltirish og'ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Har bir pedagogning hayotiy o‘rni o‘z ishining ustasi bo‘lishi, usta (master) juda ilg‘or, bilimdon yoki o‘z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Pedagoglik mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagog eng avvalo, pedagogik jarayon qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega . Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham tarbiyachi turli metodlardan foydalangan holda bolalarga ta’lim tarbiya berishi mumkin. Shu sababli ham tarbiyachilardan o’z kasbiga nisbatan mehr-muhabbatli va o’z kasbining ustasi bo’lishlari talab etiladi. Shundagina biz kelajakda o’z aql –idroki bilan yurtimiz rivojiga o’z hissasini qo’shadigan farzandlarimizni tarbiyalashimiz mumkin.