O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə20/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3CHI MAVZU

2.3.Tajriba qism
Tarbiyachi o’z mashg’ulotlarini faoliyat markazlari orqali olib borishi, har bir mashg’ulot jarayonida bolalar har doim tarbiyachi tomonidan nazoratda turishi, shu bilan birga o’tilayotgan mashg’ulotlar ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi lozim.
Men maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borib tarbiyachining mashg’ulot o’tish jarayonini kuzatdim. Tarbiyachi mashg’ulotni ushbu tartibda olib bordi:
Tarbiyachining mashg’ulot o’tish jarayoni
Til va nutq markazi
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari
Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarga fasllar haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash. Mavzu asosida bog‘langan nutqni rivojlantirish, nutq ohangi, ifodasi va ritmi ustida ishlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida nutqni rivojlantirish, o‘qish va savodga tayyorgarlikni amalga oshirish. Kichkintoylarning harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga, lug‘at boyligini orttirishga, voqea va hodisalarga o‘z fikrini bildirishga erishish.
Vazifalar:
Yil fasllari haqida ko‘proq ma’lumot berish.
2. Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash, aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Fasllar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishadi.
2. Bolalar o‘zlari yoqtirgan fasllarda qanday mevalar pishib yetilishi, ob-havo qanday holatda bo‘lishini o‘rganib olishadi.
Kerakli jihozlar:
Yil fasllari tasvirlangan suratlar.
2. Qaldirg‘och, olma, chinor barglari surati, qor parchalari.
3. Musiqadan foydalanish uchun televizor hamda DVD disk.
4. Koptok.
5. Kichkintoylarni rag‘batlantirish uchun o‘yinchoqlar.
Mashg‘ulotni tashkil etish usullari:
Bolalar bilan suhbat.
Ko‘rgazmalilik.
Tushuntirish.
Savol-javob.
Rag‘batlantirish.
Kichkintoylar bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin.
TARBIYACHI: — Bolalar, hozir qanday fasl?
Bolalar javob berishdi
Bolalarga yangi mavzuni tushuntirib, ulardan qaysi faslni yoqtirishi so‘raldi.
— Bolalar, bir yilda nechta fasl bor?
Bolalar javobi
Guruh bo‘lib ishlash.
1. Qaldirg‘och.
2. Olma surati.
3. Chinor barglari.
4. Qor parchalari suratlaridan namunalar qo‘yiladi.
Kichkintoylarga yoqtirgan fasllariga mos bo‘lgan suratlarni olib, shu surat bor stolga borib o‘tirishlari taklif qilinadi va to‘rt jamoaga bo‘lib olinadi.
Bahor fasli jamoasi — qaldirg‘och guruhi.
2. Yoz fasli jamoasi — olma guruhi.
3. Kuz fasli jamoasi — chinor barglari guruhi.
4. Qish fasli jamoasi — qor parchalari guruhi.
TARBIYACHI: — Aziz bolajonlar, o‘z joylaringizni egallagan bo‘lsangiz, sehrli yo‘lak­chamizga birinchi jamoamizni taklif qilamiz.
Har bir jamoa birma-bir taklif etiladi. Guruh xonasidagi devorga chizilgan suratdan foydalaniladi.
Bahor fasli.
Bolalarga bahor fasli haqida ma’lumotlar beriladi va jajjilarning nutqini yangi so‘zlar bilan boyitiladi. Bu faslda qanday bayramlar ni­shonlanishi tushuntiriladi.
Ular bahor fasli haqida o‘rgangan she’rlaridan aytib, joylariga borib o‘tiradilar.
Yoz fasli.
TARBIYACHI: – “Yoz fasli” jamoasini sehrli yo‘lakchaga taklif etamiz. (Sehrli yo‘lakchada gullar va olmalar bo‘ladi. Bolalarga yoz fasli haqida ma’lumotlar beriladi va shu faslga mos bo‘lgan she’rlar ayttirilib, joylariga kuzatib qo‘yiladi.)
Tarbiyachi mashg’ulotni shu tarzda o’tkazdi. Men bu mashg’ulotni ko’rib tarbiyachining mahoratli va tajribali ekanligini bilib oldim. Men bu guruhdagi bolalarga Til va nutq markazida bolajonlarni yoshiga mos bo’lgan, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan she’rlarni o’rgatdim. Bu she’r insonning tana a’zolari haqidagi she’r bo’lib bular quydagicha:

Til nimaga berilgan


Qizlar bilan bolaga
Tongda salom bergani
Ota bilan onaga
Bu guruh tarbiyachisining mashg’ulotni tashkil qilish jarayoni va ish hujjatlarini o’rganib chiqdim.



Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin