O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Pedagogik qobiliyatnnng asosiy sifatlari va xususiyatlari



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə18/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3CHI MAVZU

Pedagogik qobiliyatnnng asosiy sifatlari va xususiyatlari
Pedagogik-psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan - naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etishgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
2. O’z mutaxassislik fanini yaxshi bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O’z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
Tarbiyachi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar;
• tayanch xususiyatlar;
• yetakchi xususiyatlar;
• yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‘qituvchining o‘zaro fikr almashuvi bilan bog‘liq xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‘qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi: Kommunikativ qobiliyat: tarbiyachining pedagogik jamoa va ota onalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. Tarbiyachi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim. Perpeptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. Tarbiyachi bolaning psixologiyasini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi. Empatik qobiliyat: bolalarga bo‘lgan muxabbatdan kelib chiqadigan o‘quvchilarning his-tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir. Ta’lim jarayonini muqobiliashtirish qobiliyati: o‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir. Didaktik qobiliyat: o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak. Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‘garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo‘ladi. Konstruktiv qobiliyat: o’qituvchining ongli ravishda yuzaga keltirilgan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan rejalashtira olishi. Bilish qobiliyati: o‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Anglash (tushunish qobiliyati: o’qituvchining ziyrakligida, voqea va xodisalarga adolatli munosabatda bo‘lishi. Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari, kuzatuvchanlik — ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu - individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli. Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan xislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va xislatlar quyidagilardan iborat: 1. aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik; kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik; 2. o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi; 3. aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish. 4 pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin