O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə19/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3CHI MAVZU

2.2.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ishlariga mas’uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi. Maktabgacha pedagogika fani - bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi. Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aql idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yilgan talablar. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati. Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma'lum bir kasbga yo'naltirish og'ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" degan edi. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish uchun zarur bo'lgan, kishilar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo'ladi.«Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday. buyuk Fazilatlarga ega bo'lishi kerak».
Demak, o'z faoliyatini endigina boshlayotgan o'qituvchilar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali o'qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o'quvchining ichki va tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish;
- tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o'quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilar bilan kommunikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati;
- bolalar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda o'quvchilarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda o'quvchilar jamoasi bilan doimo maslahatlashish; - o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o'quvchilarning fikrlarini o'rganish; - o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir o'quvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko'ra olish va takomillashtirish;
- tarbiyachining ijtimoiy kelib chikishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish. Tegishli ma'lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega deyiladi «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonunning 5-moddasida. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo'la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg'otadi, o'qituvchiga bolalarni chinakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog'liqdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - bu yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir.
Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak.
U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq eta oladigan bo'lishi;
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi;
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
4. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;
6. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi;
10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak. Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati.
Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz o'qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o'qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Tarbiyachining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi.Tarbiyachining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojiantirish faqat tarbiyachining shijoatiga bog'liq, Shu qobiliyat tufayli tarbiyachining nutq madaniyati ham shakllanib boradi.
Quyidagi tarbiyachining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o'qituvchining ma'naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati o'qituvchilarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniya eshittirishlarini kuzatib borishi lozim,
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin. Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.


Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin