O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə15/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
3CHI MAVZU

Pedagogik mahorat- bu -tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrihohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyiligi, ijodkorligi, erudisiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishda, psixologik va metodik tayyorgarlikda, yoshlarni o‘rgatish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab-topib amaliy faoliyatda qo‘llashida namoyon bo‘ladi.
Pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktabgacha ta’lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo‘lib juda xilma -xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
Hozirgi kunda ta’lim - tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, pedagoglarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli barkamol inson qilib o‘stirish pedagoglar zimmasiga yuklatilgan.
Tarbiyachining kasbiy mahorati
Avvalo tarbiyachining kasbiy mahoratiga ta’rif beraylik.
Tarbiyachining kasbiy mahorati – bu ma’lum shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi erudisiyasi va h.k.) fazilatlarining yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, bolalarni tarbiyalashning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi.
Murabbiy faoliyat mahoratini qanday fazilatlar belgilaydi? Mohir avvalo mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Bu deganimiz Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarni bo‘lishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib tarbiyalanuvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o‘zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e’tiqodi bo‘la olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin