O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə12/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
3CHI MAVZU

Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari: ushbu daftarga bolaning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi, uy manzili, telefon raqami, ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning ish joylari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi va qo‘shimcha ma’lumotlar olinganda, daftarga qayd etib boriladi. Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
05-04. Bolalarning rivojlanish xaritalari Guruhdagi bolalarning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari haritasi to‘ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Uquv yili oxirida (may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.


05-05. Pedagoglar bilan o‘zaro hamkorlik ish rejasi Ushbu hamkorlik rejasi mutaxassislar orasida o‘zaro yuritilib, bir-birlarini to‘ldirishga qaratilgan.Ya’ni, tarbiyachi tashkilotda faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ota-onalar, bolalar hamda xodimlar uchun turli xildagi tavsiya, mahorat maktablari, trening mashg‘ulotlari, faoliyatlari davomida uchrashi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish, ishlash uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha bir yillik reja tuziladi.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin