II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDAGI FAOLIYATI 2.1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahorati va qobilyati Pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir. Har bir pedagogning hayotiy o‘rni o‘z ishining ustasi bo‘lishi, usta (master) juda ilg‘or, bilimdon yoki o‘z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Pedagoglik mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagog eng avvalo, pedagogik jarayon qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega .
Mahorat – bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada usta bo‘lish mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir.
Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
Pedagogik mahorat kategoriya sifatida o‘zining ilmiy asoslariga ega.
So‘nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan kishi induvidualligini xarakterlaydi. Xo‘sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo‘ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy manbalarda pedagogik mahorat tushunchasiga nisbatan turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushuncha mohiyatining aniqroq ta’rifi “Pedagogik ensiklopediya”da berilgan bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta’rif pedagogik mahorat mazmun–mohiyatini ancha to‘g‘ri yoritadi.“Tarbiya va o‘qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkonini ta’minlovchi san’at bo‘lib, talabaga mehr qo‘ygan va o‘z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan ishi.O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan pedagog-bu yuksak daraja madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san’atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxasisdir”.
Bu ta’rifni yaxshi tushunib, uning ma’no mohiyatini tahlil etadigin bo‘lsak, ushbu ta’rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quydagi masalalarni ajratish mumkin bo‘ladi: