19
bo‗g‗inidagilarning qo‗l ostida ko‗pi bilan 10 ta xodim bo‗lsa, qo‗yi bo‗g‗in
rahbarlarining qo‗l ostida bir muncha ko‗proq xodim bo‗lishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, boshqaruvchilik me‘yorini aniqlovchi ikkita muhim omilini
ajratib ko‗rsatish mumkin. Bular – vaqt va davriylik, ya‘ni menejer qo‗l ostidagilarning
har biri bilan muloqat qilishga qancha vaqt ajratish kerakligi va buni qanchalik tez-tez
amalga oshirishi. Tabiiyki bu ko‗p jihatdan menejerning xodim bilan muloqat qilish
mahoratiga, hal qilinayotgan masalaning murakkabligiga, ish jarayoniga qanchalik
qiziqishiga bog‗liq. Shunday qilib tashkil etish bu – korxona tarkibining yaratiladigan
va saqlanadigan jarayoni hisoblanadi.
Motivatsiya - mehmonxona a‘zolarining rejani bajarishi va ular bajarayotgan ish
topshirilgan majburiyatlarga mos kelishi demak.
Rag‘batlantirish - inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat.
Tashkiliy struktura samaradorligida juda yaxshi tuzilgan reja, zamonaviy
texnologiya bilan taminlangan bo‗lsa ham, lekin ishchilarning mehnat motivatsiyasiz
firma xohlaganidek natijaga erisha olmaydi. Mehnat jamoasi azolari busiz o‗zlarining
majburiyatlarini to‗liq bajara olishmaydi. Nima uchun odamlar ishlashadi? Nima uchun
biri yaxshi ishlaydi, ikkinchisi yomon? Odamlar yaxshi ishlashlari uchun nima qilish
kerak? Ishlashga qanday xohish va ehtiyoj tug‗iladi? Bu savollarga javoblarni
motivatsiya muammolarini o‗rgangandan so‗ng olsa bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: