3.Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba
Turistik mehmonxonalarning nomer fondida 2 kishilik xonalarga bo‗lgan talab o‗sib
bormoqda, uning umumiy nomerlari nomerlar sonining 80 - 90 % ini tashkil qiladi.
Nomerning ichki tashkil etilishi hordiqning aniq shakliga ko‗ra aniqlanadi. Masalan,
kurort mehmonxonalarida uxlash joyi yoki dam olish zonasining nafaqat nomerda, balki
balkon, lodjiya va ayvonda ham tashkil qilinishi harakterlidir. Oilaviy horgiq
mehmonxonalarida esa nomerda dazmollash, quritish moslamalari va kichiq oshxona ham
bo‗lishi talab qilinadi.
Turistik mehmonxonalardagi nomerlar mehmon kutish va kunduzi muloqot joyi
shaklida ham bo‗ladi. Nomer kichkina bo‗lsa, mebel va yotoq o‗rnini kichraytirish
mumkin bo‗lgan jihozlar egallaydi. Kurort mehmonxonalari tarkibida profilaktik
davolanish va cho‗milish uchun havza (basseyn) barpo qilinadi. Oilaviy hordiq
mehmonxonalarida esa bolalar cho‗milish havzalari va bolalar jihozlarining bo‗lishi talab
etiladi.
Xalqaro turizmni tashkil etishda turistik mehmonxonalar yoki turli me‘yordagi
mehmonxonalar alohida ahamiyatga ega. Har bir mamlakatda ularning nomlanishi turlicha
bo‗lishi mumkin, lekin maqsadi bir. Turistik mehmonxona - jihozlangan uy (yoki boshqa
xona) bo‗lib, turistlarga marshrut dasturiga muvofiq har tomonlama (kompleks) xizmat
ko‗rsatishga mo‗ljallangan (joylashtirish, yashash, ma‘lumot va maishiy xizmat, ko‗ngilli
hordiq va boshqalar). U turistik majmua tarkibiga kirishi yoki alohida korxona sifatida
ishlashi mumkin. Turistik mehmonxonalar, qoidaga ko‗ra, turli marshrutdagi va barcha
ijtimoiy guruhlarni qabul qilishga mo‗ljallangan.
4.Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi
Dunyodagi eng yirik otel Tailandning Pataya shahrida joylashgan ―Ambassador City
Jomitien‖dir. U 5100 nomerli bo‗lib, 40 gektar atrofidagi maydonni egallaydi. 20 ta eng
yirik otellarning 13 tasi Las-Vegasda joylashgan. Zamonaviy Las-Vegas alohida yirikligi
bilan farqlanadi. Yaqindagina eng yirik deb hisoblangan (masalan, 1515 o‗rinli ―Caesuras
Palace‖) bugun 20 ta eng yirik otellar ro‗yxatiga ham kirmay qoldi.
Las-Vegas - bu hordiq sanoatining umume‘tirof etilgan (lideri) shahari sanaladi.
Shaharda 50 ta kazino bo‗lib, ularning ko‗pi otel hududlarida joylashgan. Ushbu
otellardagi apartamentlar o‗lchami va qulayligi jihatidan eng katta va yaxshisidir. Bunda
mini-basseynlar, bir necha yirik teleekranlar, ikki va undan ortiq xonalar, holl va
yotoqxonalar oshxona hamda barlar mavjud. Bunday apartamentlar binoning alohida
ajratilgan tomonida joylashtirilgan va shaxsiy band qilib qo‗yilgan joy ya‘ni bron qilish
xizmatiga ham ega.
Ko‗pgina kazinoli otel nomerlari badavlat mijozlar uchun maxsus saqlanadi, ularning
narxi 1000 AQSh dollaridan 25000 AQSh dollarigachadir. Ba‘zan kazinoga keladiganlar
u yerdagi eng qimmat nomerdan ham kattaroq mablag‗ni tashlab ketadilar. Shuning uchun
bunday mehmonxona xodimlarining eng asosiy vazifasi avvalo mijozning talab va
istaklarini qondirishdan iborat. Demak, xorijiy mamlakatlar turizmida turistik biznes
mehmonxonalar faoliyatini qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan bo‗ladi hamda u valyuta
daromadini oshirishga xizmat qiladi. Avvalo, turistik biznes Meksikaga valyuta
127
daromadining 44 % ini, Portugaliyaga 28 % ini, Avstriyaga 23 % ini va Italiyaga 41 % ini
beradi. Bu holatlarni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida to‗liq ko‗rish
ularda mehmonxona biznesini amalga oshirish borasida qilingan ishlarning yuqori
ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Turkiya va Birlashgan
Arab Amirliklari kabi quyidagi mamlakatlar turizmi tajribasida mehmonxona biznesining
samarali yo‗lga qo‗yilgan:
AQSH tajribasi. Mehmonxona biznesini tashkil etishda AQSHdagi havo yo‗llari
xususiy sektor bo‗lib, ularning uchtasi jahondagi eng yirik avialiniyalar hisoblanadi.
Turistlarni tashish bilan shug‗ullanadigan temir yo‗llar davlatga tegishli bo‗lib, jahon
mamlakatlaridagi bugungi kun yutuqlarining barchasi shular tufayli boshlangan.
Yaponiya tajribasi. Yaponiyada asosan mamlakatda joylashgan mehmonxonalar
mehmonxona biznesini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, shahar
markazidagi Shinjuko shahar zali va Tokio opera shahar konsert zalining orasida
joylashgan Shinjuku Astina hotel Tokio mehmonxonasi bo‗lib, unda kundalik kontinental
nonushta, 24 soatlik xizmatlar, maishiy qulayliklar, mashinalarni joylash, kundalik
nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun ochiq bo‗ladigan restoranning mavjudligi kabi
xususiyatlar xos hisoblanadi.
Turkiya tajribasi. Turkiyada mehmonxonalar biznesining asosida dam olish,
hisoblashish tizimi, xizmat ko‗rsatishning standartlari va sifati yotadi. Mamlakatda
turistlar istalgan qurort shaharlarga borib dam oladilar va bu hammaga manzur
keladi. Mamlakatda bir mehmonxonani bir nechta filiali mavjud va ular bir-biridan
farq qiladi. Tashrif buyurgan sayyoh oldiga katta tanlash huquqi qo‗yiladi va bunda
u istagan turdagi mehmonxona nomerlarini band qila oladil. Mehmonxona
xizmatining narxi mehmonxona yulduzi, tanlangan nomeri va ovqatlanish tizimiga
bog‗liq bo‗ladi.
128
Dostları ilə paylaş: |