49
oshirish kerak bo‗ladi. Ana shu nuqtai nazardan u quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga
oladi:
Birinchi va asosiy yo‗nalishni umumiy funksional yoki funksional-predmetli
tuzilma tarzida tasavvur qilish mumkin, chunki bu o‗rinda predmet va obyekt kadrlarga
oid yangiliklarning o‗zi hisoblanadi, ular tahlil qilish, baho berish, bashorat qilish,
resurslar bilan ta‘minlash va hokazolarni talab qiladi.
Ikkinchi yo‗nalishi - bu funksional maqsadli tuzilma bo‘lib, IKMning barcha
maqsad va yo‗nalishlarini qamrab oladi (kadrlarning uzluksiz ta‘limini tashkil etishdan
tortib, kadrlarga xizmat ko‗rsatishgacha).
Uchinchi yo‗nalish - bu IKMning funksional-subyekt tuzilmasi bo‗lib, u IKMning
asosiy subyekt darajalarini (federal, mintaqaviy, tarmoq, korporativ darajalarini) belgilab
beradi.
To‗rtinchi yo‗nalish - bu IKMning xossalari jamidan iborat bo‗lib, ular IKMning
tuzilmasi bilan ta‘min etilishi va u bilan uzviy bog‘liq bo‗lishi lozim. Bu xossalarni
sanab o‗tamiz:
1) maqsadga erishish (ya‘ni, IKMning tegishli tuzilma yordamida tegishli
bosqichda tizim oldida turgan maqsadlarga erishishni ta‘minlashi lozim);
2) integratsiyalashuv yoki yaxlitlik (ya‘ni, tizimning kadrlarga oid yangiliklar
obyektiga kelishilgan holda yaxlit ta‘sir ko‗rsatish yoki reaksiyasi qobiliyati);
3) moslashuvchanlik (ya‘ni IKMning ichki reaksiyaga, qayta ko‗rishga), moslashish
(bo‗lgan qobiliyati va ayni vaqtda sifat jihatidan turlicha bo‗lgan KYAga nisbatan
o‗zining asosiy elementlarini, yangi maqsadlar, kadrlar tizimining faoliyat ko‗rsatish
tashqi sharoitlarga nisbatan saqlab qolishga bo‗lgan qobiliyatidir);
4) raqobatga bardoshlilik, ya‘ni IKMning KYAni amalga oshirish qobiliyati bo‗lib,
u kadrlar potensialining raqobatga bardoshliligini va samaradorligini ta‘minlaydi;
5) IKMning tartibga solinishi va mustaqil ravishda tartibga solinishi, ya‘ni
tashqaridan bo‗ladigan boshqarishga doir tartibga soluvchi signallarni idrok qilish va
innovatsionkadrlar faoliyatini mustaqil ravishda tartibga solishga bo‗lgan qobiliyati.
Kadrlarga doir yangiliklarni (Kß) tashkil etish - bu IKM tizimiga kiradigan tarkibiy
elementlar (bo‗linmalar, guruhlar va shaxslar)ning, shuningdek KYAni ishlab chiqish va
amalga oshirish vaqtidagi o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish qobiliyati va normalari majmuidir.
Dostları ilə paylaş: