O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



Yüklə 379,52 Kb.
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü379,52 Kb.
#206002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdullayev Rasulbekning geodeziya fanidan kurs loyihasi

5. Gidrostatik nivelirlash. Bu usulda joydagi nuqtalarning balandliklardagi farq o’zaro bog'liq ikkita idishdagi suyuqlik sathini kuzatish yo’li bilan aniqlanadi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformotsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo’lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo’llaniladi. Bu usul soda bo’lib, undan yopiq, tor va qorong'I joylarda ham foydalanish mumkin.
6.Radio nivelirlash. Bu nivelirlash radio to’lqinning samolyotdan yerga, yerdan samolyotga etibborish vaqtiga qarab samolyotning qanday balandlikda uchayotganini bilish imkoniyatini beradi. Samolyotning uchayotgan balandligi radiovo’sotomer degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radio nivelirlash turli qidiruv ishlarida hamda turli masshtabda topografik kartalar tuzishda qo’llanilmoqda.
7. Stereofotogrammetrik nivelirlash. Bu usulda joyning samolyotdan turib olingan aerosuratlariga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxonada bajarilganligidan vaqt va mablag' ancha tejaladi.
Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qo’llaniladi.

1.1.2.-rasm. Stereofotogrammetik nivelirlash.
1.2. Trigonometrik nivelirlash
Yuqori aniqlikdagi nivelirlash ishlarini bajarishdan oldin nivelirni va nivelir reykalarini to‘lik tadkik etish natijasida asboblarning texnik xarakteristikalarini va asbobga tegishli bo‘lgan individual xolatlarini, texnik kullanma talablariga mosligi va kutaliyotgan nuksonlari aniqlash imkoni bo‘ladi. Tadqiq etishning xajmi va mazmuni kullanma talablariga, nivelirlashning aniqligi, klassiga qarab aniqlanadi va qo‘yidagi tekshirishlar bajaralidi:

  • Qarash trubasini tekshirish.

  • Adilak bo‘lak qiymatini aniqlash

  • Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish.

  • Ipli dalnomerning koeffitsientini aniqlash va qarash trubasidagi iplar to‘rining asimmetriyasi.

  • Tekislik plastinkasini engashtiruvchi mexanizmni tadkik etish va mikrometr barabanining bo‘lak qiymatini aniqlash.

  • Kompensatorli nivelirlarning avtoredukksion xatosini aniqlash

Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarningto‘g‘ri yurishini tekshirish.
Tekis joyda radiusi 50 m bo‘lgan aylana bo‘yicha 1,2,3, ……10 ( 2 – rasm ) nuqtalarga V nuqtadan 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90 va 100 m masofalarga koziklar kokiladi. Keyin bu nuqtalar 2 marta nivelirlanadi: birinchi marta A nuqta markazidan kat’iy teng elkalarda, ya’ni trubaning fokusi uzgartirilmaydi, ikkinchi marta V nuqtadan aylana bo‘yicha har xil elkalarda 10 metrdan to 100 metrgacha. Nivelirlashni ikki - uch marta to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bajariladi. A nuqtadan nivilirlanganda reykalar bo‘yicha o‘rta sanoqlar olinadi. So‘ng V nuqtadan aylana bo‘ylab nivelirlanib sanoqlar olinadi.


Yüklə 379,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin