O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



Yüklə 379,52 Kb.
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü379,52 Kb.
#206002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Abdullayev Rasulbekning geodeziya fanidan kurs loyihasi

EB va EO qiymatlari gorizontal masshtabda qo‘yilib egri shartli yoy shaklida burilish o‘nga 1 bo‘lsa bo‘rtig’i yuqoriga, yoki burilish chapga 2 bo‘lsa bo‘rtig’i pastga qaratib chiziladi. To‘g’ri chiziqlar ustida ular uzunligi, ostida – rumbi, egri yonida uning elementlari yoziladi.
«Nuqtalar balandligi» qatorida harbir piket yoki oraliq nuqtaning ustida qaydnomadan olingan va santimetrgacha yaxlitlangan balandligi yoziladi.
Nishablik qatorining chegara chizig’i shartli gorizont qilib olinib undan 4-5 sm yuqorida eng past nuqta balandligi yaxlit metrda yoziladi va shkala bo‘laklari vertikal masshtabda qiymatlar bilan belgilab chiqiladi.
Bo‘ylama profilni yuqori qismida ko‘ndalang profil 1:200 gorizontal va 1:200 vertikal masshtablarda chiziladi. Bunda masofalar va nuqtalar balandligi qaydnomadan olinadi.
BO‘YLAMA PROFILDA LOYIHA CHIZIG’INI O‘TKAZISH
Bo‘ylama profilda, er ishlar hajmi uyilma va ko‘tarma bo‘yicha teng bo‘linishini hisobga olgan holda, loyiha chizig’i o‘tkaziladi. Profil shkalasidan foydalanib loyiha chiziqni bosh va oxirgi nuqtalari balandligi topilib «loyiha balandliklar» qatorida PK 0 va PK10to‘g’risida yoziladi.
Loyiha chiziqni nishabligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi

bu erda, Nox, Nb – loyiha chiziqini oxirgi va bosh nuqtalar balandligi;
S - loyiha chiziq uzunligi.
2- shakldagi loyiha chiziq nishabligi quyidagiga teng
i=
Bu qiymat “nishablik” qatoriga chiziq suratida 0,001 gacha yaxlitlab, maxrajda esa esa loyiha chiziq uzunligi yoziladi.
Hamma piket va oraliq nuqtalarining loyiha balandligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
NL+1=NL+ i* d
bu erda, NL+1 -keyingi nuqtaning loyiha balandligi;
NL -oldinginuqtaning loyiha balandligi;
i -loyiha chiziq nishabligi;
d -nuqtalar orasidagi masofa.
Hisoblangan balandlik 0,01 metrgacha yaxlitlanib “loyihaviy balandligi” qatorida tegishli nuqta ustida yoziladi.
Har bir nuqtaning balandligidan er balandligi ayrilib ishchi balandlik topiladi. Ayirma musbat ishoradali chiqsa ko‘tarma balandligi bo‘lib loyiha ustiga, manfiy ishora chiqsa – bo‘ylama chuqurligi bo‘lib chiziq ostiga yoziladi.
Nol ishorali nuqtasidan orqadagi va oldingi profil nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:


Formuladan : r1 r2 – orqadagi va oldindagi profil nuqtalaridagi ishchi balandliklar;
d – profil nuqtalari orasidagi masofa.

Xulosa.
Men nivelir to’g’risida bir qancha ma’lumotlarga ega bo’ldim.Nivelir qo’llaniladigan usuli va asboblarga qarab bir necha turlarga bo’linar ekan.
Nivelirlashda geometrik, tri­gonometrik, fizik, avtomatik va stereofotogrammetrik usullari bilan tanishib chiqdim bu usullarni qaysi vaqtda qo’llash kerakligini bilib oldim.Albatta bu usullar o’z maqsadiga qarab qo’llaniladi.Masalan gidrostatik nivelirashda nuqtalarning balandliklaridagi farq o’zaro bog’liq ikkita idishdagi suyuqlik sathini kuzatish yo’li bilan aniqlanadi.Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi.
Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformotsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo’lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo’llaniladi. Bu usul sodda bo’lib, undan yopiq, tor va qorong'i joylarda ham foydalanish mumkinligini bilib oldim.
Geometrik nivelirlash usullari haqida ularni tuzish va tekshirish haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ldim. Nivelirlash jurnalini ishlab chiqishni ham o’rganib ularda ishlatiladigan formulalar bilan tanishib chiqdim.
Trassani piketlarga bo’lish ularni joyda mahkamlash trassani yo’nalishi bo’yicha uning o’qi gorizontal quyilish bo’yicha har 100 m dan bo’laklarga bo’linishi ularni bosh va oxirgi nuqtasining o’rni qoziq qoqib belgilab qo’yilar ekan.Piketlash 0 dan boshlab trassa oxiriga qarab oshib boradi: PK0, PK1, PK2…. Albatta bu trassa uzunligiga bog’liq bo’lar ekan.
Har qaysi piketning joydagi o’rniga yog’och qoziqlar yer yuzasi bilan barobar qilib qoqilib, bu qoziqlar yoniga qorovul qoziqlar yer yuzasidan 20 sm cha chiqib turadigan qilib qoqilishiniham bilib oldim. Ularga piketlarning tartib raqami yozib borilishi haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ldim.Piketlarga bo’lishda masofa tekshrish uchun 20 m li po’lat lenta yoki ruletkalar (30, 50 metrli) foydalanadilar ekan.

Yüklə 379,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin