O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



Yüklə 379,52 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü379,52 Kb.
#206002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdullayev Rasulbekning geodeziya fanidan kurs loyihasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat universiteti
Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



GEODEZIYA” FANIDAN


KURS LOYIHASI
MAVZU: KETMA KET NIVELIRLASH MOHIYATI
Kurs loyihasi rahbari _____________ Hamroyev E


Loyhalovchi: _____________ Abdullayev R

Urganch 2020-yil
MAVZU.KETMA-KET NIVELIRLASHNING MOHIYATI
REJA:
Kirish
I bob.Nivelirlash haqida tushincha
1.1 Nivelirlash mohiyati va usullari
1.2.Trigonometrik nivelirlash
II bob.Geometrik nivelirlash usullari
2.1. O’rtadan nivelirlash
2.2. Ketma-ket nivelirlash va jurnalini ishlab chiqish
XULOSA


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Nivelir (frans. niveler — to’g’rilamoq, baravarlamoq) — geodezik asbob. Yerdagi ikki nuqta balandliklari farqi (nisbiy balandligi) ni gorizontal vizir nuri bilan, shu nuqtalarga tik o’rnatiladigan nivelir reykalar yordamida aniqlaydi.
Hozirgi vaqtda ishlatiladigan nivelirlar vizir o’qini gorizontal holatga keltirish usuliga qarab ikki guruppaga bo’linadi: birinchi guruppaga vizir o’qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelirlar va ikkinchi guruppaga vizir o’qi avtomotik ravishda gorizontal holatga keladigan nivelirlarga bo’linadi.
Birinchi guruppaga taalluqli nivelirlar asosiy qisimlarining bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab, quyma nivelirlarga va trubasi taglikdan ajraladigan nivelirlarga bo’linadi.
Quyma nivelirlarda silindrik adilak qarash trubasining yon tomoniga o’rnatilgan, qarash trubasining o’zi esa asbobning aylanish o’qiga taglikdan ajratilgan qilib mahkamlangan. Qarash trubasi taglikdan ajraladigan nivelirlarning trubasini ajratib olib va 180 ̊ aylantirib yana taglikka o’rnatish mumkin. Vizir o’qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelirlarga HG va HV-1 nivelirlarini, qarash trubasi ajratiladigan nivelirlarga esa HT nivelrlarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Vizir o’qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelir bilan ishlaganda unga salgina tegib ketilsa ham vizir o’qining gorizontal holati buziladi va adilak pufakchasi chetga og’ishadi: reykadan sanoq olinganda pufakchaning holatini kuzatib turishga, chetga og’ishgan bo’lsa qaytadan naycha o’rtasiga keltirishga to’g’ri keladi. Bu esa kishini charchatadi va ish unumini pasaytiradi.
Keyingi yillarda vizir o’qi avtomatik ravishda gorizontal holatga keladigan nivelirlar ishlab chiqilmoqda H3-KL niveliri shular jumlasidandir. Bunday nivelirarni nuqtaga o’rnatish uchun nisbatan kam vaqt ketadi.


Yüklə 379,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin