O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi


I bob.NIVEELIRLASH HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 379,52 Kb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü379,52 Kb.
#206002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abdullayev Rasulbekning geodeziya fanidan kurs loyihasi

I bob.NIVEELIRLASH HAQIDA TUSHUNCHA
1.1 Nivelirlash mohiyati va usullari
Nivelirlash geodezik ishlarning bir turi bo’lib, uning na­ti­ja­sida yerning tabiiy (fizik) yuzasida joylashgan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi (nisbiy balandligi) o’lchanadi hamda bu nuqtalarning boshlang'ich deb qabul qilingan sathiy yuzadan ba­land­­ligi aniqlanadi.
Nivelirlash joy relefining shakllarini o’rganish va ularni plan va kartalarda tasvirlash hamda har xil bino va inshootlarni lo­yihalash, qurishda zarur bo’lgan nuqtalar ba­landligini va ular far­qini aniqlash uchun bajariladi. Ni­ve­lir­lashda geometrik, tri­gonometrik, fizik, avtomatik va stereofotogrammetrik nivelirlash usullari qo’llaniladi.
Qo’llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Geometrik nivelirlash
2. Trigonometrik nivelirlas
3. Barometrik nivelirlash
4. Mexanik nivelirlash
5. Gidrostatik nivelirlash
6. Radio nivelirlash
7. Stereofotogrammetrik nivelirlash
1. Geometrik nivelirlash
Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo’yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo’li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirdan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi, nivelirlashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi.
Geodezik tayanch nuqtalarini va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli masshtabda plan olishda, injenerlik inshootlarining loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik injenerlik inshootlarining cho’kishi va deformastiyasini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qo’llaniladi.
Nivelirlash metodi va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq o’lchanishi zarurligiga qarab tanlanadi.
2. Trigonometrik nivelirlash.

Nivelirlashning bu turida ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa o’lchanadi, hamda o’lchash natijalaridan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Teodolit-taxometr bilan qiyalik burchagi o’lchanadi. Trigonometrik nivelirlash topografik plan olishda, balandliklardagi farq katta bo’lgan nuqtalarni, masalan, tog’, tepalik va boshqa relef shakllarini, turli buyum va inshootlarning balandligini aniqlashda qo’llaniladi.




Yüklə 379,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin