1.2.2-rasm. Trigonometrik nivelirlash J
1.3.1-rasm
oydagi A va B nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h ni o’lchash uchun (1.2.2-rasm)1 nuqtalarning biriga (masalan, A da) teodolit-taxeometr, B nuqtaga esa reyka o’rnatiladi va ko’rish trubasini reyka uchiga qaratib og'ish burchagi n o’lchanadi. Agar AB chizig’ining gorizontal qo’yilishi d bo’lsa, asbob balandligi I va reyka balandligi l ni tashkil qilsa, keltirilgan shakldan quyidagini yozish mumkin:
h+ l=h'+ iyokih = h'+ i – l. (1.3.1)
Xuddi o’sha shakldan
h' = dtgv bo’lgani uchun nisbiy balandlik qiymati quyidagiga teng:
h = dtgv+ i – l. (1.3.2)
Bu formula yer egriligi va refrakstiya ta’sirini hisobga olmasdan chiqarildi.Yer egriligi va refrakstiya ta’siri uchun kiritiladigan tuzatma f bilan ifodalansa (2), formula quyidagicha bo’ladi:
h = dtgv+ i – l + f . (1.3.3)
Bu formulaga trigonometrik nivelirlashning asosiy formulasi deyiladi.
Nivelirlanadigan nuqtalar orasidagi masofa d = 300 m bo’lganda, formuladan f = 0,01 m bo’lishini aniqlaymiz. Trigonometrik nivelirlashda, ko’pincha, nisbiy balandlik qiymati 0,01 m gacha yaxlitlab olinadi va shunga ko’ra d = 300 m gacha bo’lganda f tuzatma hisobga olinmasligi mumkin.
1.2.3-rasm.Trigonometrik nivelirlash.
II-bob. Geometrik nivelirlash usullari
2.1. O’rtadan nivelirlash 1. O’rtadan nivelirlash. Joyda olingan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik h ni o’lchash uchun nivelir asbobi A va B nuqtalar orasida, ulardan bir xil masofada, ishchi holatga keltirib o’rnatiladi.
Nivelirni o’rnatish1.Shtativni shunday o’rnatishkerakki, unda oyoqchalari orasidagi masofa oyoqcha uzunligining yarmidan kam bo’lmasligi kerak va uchin igruntga kiritiladi. (1.2.1-rasm (a) ko’targich vintlarini bo’shatib oyoqchalari surilib vintlar mahkamlanadi; (b) shtativ oyoqchalari kiritiladi). a) b)